Линклар

Шошилинч хабар
21 октябр 2020, Тошкент вақти: 03:56

Profelite IMP firmasidan aldanganlarning norozilik chiqishi natijasiz yakunlandi


Profelite IMP firmasiga pul berib aldanganlardan bir guruhi.

6 - oktabr kuni Toshkentda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oldida Profelite IMP firmasidan aldanganlar pulini qaytarib berilmayotganiga norozilik bildirib, to‘plandi.

Norozilar bilan uchrashgan mutasaddilar hozircha mijozlarning pullarini qaytarish imkoni yo‘qligini aytishgan.

Ayni paytda jami o‘ndan ziyod xususiy bandlik agentliklariga qarshi firibgarlik moddasi bo‘yicha ish ochilgan, keyingi bir yilda jami 48ta agentlikka berilgan litsenziya bekor qilingan.

Hukumat xususiy bandlik agentliklariga xorijga ishchi jo‘natishni butunlay taqiqlashni rejalashtirmoqda.

Aldanganlarning navbatdagi noroziligi

6 - oktabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi binosi oldida Profelite IMP firmasidan aldanganlarning navbatdagi norozilik chiqishi bo‘lib o‘tdi.

Norozilardan biri- Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi 43 yashar Baxtiyor Ahmedov Koreyaga ishga ketish maqsadida Profelite IMP xususiy bandlik agentligiga pul berib, aldanib qolgan 300 kishi ro‘yxatida bor.

“Kelishni rejalashtirganlar ko‘pchilik edi. Lekin atigi o‘nta odam keldi. Qolganlar qo‘rqqanidan kelmadi. Uyining tagida militsiya o‘tirganlar, uchastkovoy chiqarmaganlar ham bor. IIB “bormaysizlar, yig‘ilmaysizlar” degan. “Borsang jarima, 15 sutka” deganda. Qo‘rqqanidan ko‘pchilik kelmadi”, deydi Baxtiyor Ahmedov.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:23 0:00
Бевосита линк

Unga ko‘ra, agentlik oldiga to‘planganlar bilan mutassaddilar onlayn uchrashgan, biroq uchrashuvdan biror natija bo‘lmagan.

“Bizni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ichkarisiga olib kirib, vazirlik mulozimlari bilan onlayn uchrashtirishdi. Mehnat vazirining o‘zi va uning o‘rinbosarlari qatnashdi. Biz “pulimizni tezroq bering” degandik, ular buning iloji yo‘qligini aytishdi. “Karantin payti jamg‘armadagi barcha pullarni kam ta’minlangan oilalarga ishlatdik. Hozir jamg‘armada pul yo‘q. Firma boshlig‘i Jonuzoqov qo‘lga olinsa, keyin pullaring beriladi” dedi. Jonuzoqov xorijda qochib yurgan bo‘lsa, demak, pullarimizni bu yaqin orada olmas ekanmiz”, deydi Baxtiyor Ahmedov.

Profelite IMP фирмасидан алданганлар президентга мурожаат қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:59 0:00

Sud hukmiga ko‘ra, xorijga qochib ketgani aytilgan Profelite IMP agentligi rahbari Ibrohim Jonuzoqov firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan.

Ushbu agentlikka 300dan ziyod kishi jami 9 milliard so‘m berib, aldanib qolgani aniqlangan.

Profelite IMP firmasidan pulini ololmayotgan o‘nlab kishi 21 - sentabr kuni ham norozi bo‘lib, bosh vazir qabuliga kelgan va uylariga “quruq” qaytgandi.

2019 - yilning 12 - aprel kuni davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olgan ushbu agentlik faoliyati joriy yilning 16 - mart kuni to‘xtatildi.

Bir yilda o‘ndan ziyod firmaga ish ochildi

O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga 2018 - yil kuzidan boshlab ruxsat berilgan edi. Shundan keyin o‘tgan ikki yil davomida 75 ta agentlikka fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, keyingi bir yil ichida jami 48 ta agentlikning litsenziyasi bekor qilingan.

“Hozir 27 ta agentlik o‘z faoliyatini davom ettiryapti. Ular qonunan ishlab, har yili minglab fuqaroni xorijga jo‘natmoqda. Lekin firibgarlik bilan shug‘ullangan o‘ndan ziyod agentlikka qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bir qancha agentlikning sudi yakunlandi, rahbarlari uzoq muddatga qamaldi. Ayrim agentliklarning bizning vazirlik hisob raqamiga depozitga qo‘ygan pullari va rahbarlarining mol-mulki hisobiga xorijga keta olmay qolgan fuqarolar pullari qaytarildi. Jami 48 ta agentlik litsenziyasi bekor qilindi. Ular odamlardan pul olib, birorta ham odamni xorijga yubormagani aniqlandi. Bugun ham rahbarlarimiz agentliklardan aldangan fuqarolar bilan videokonferensiya qildi. Biroq uning tafsilotlaridan men bexabarman”, dedi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmasligini so‘ragan vazirlik xodimi.

Dastlab Germaniya va Chexiyaga ishchi yollab, jo‘natmagan va ishchilarning pullarini qaytarib bermagan “Human”agentligi litsenziyasi Ozodlik maqolasidan so‘ng to‘xtatildi.

Joriy yilning 17 - fevral kuni o‘nlab odam Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga yig‘ilib, “Human” agentligining o‘zlariga yetkazgan zararini to‘lab berishni talab qilib chiqdi.

Norozilar bilan uchrashgan Bosh vazir Abdulla Aripov prezident topshirig‘i bilan “Human” xususiy bandlik agentligidan zarar ko‘rgan 1086 fuqaroga mablag‘lari to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Bandlik agentliklari faoliyati o‘zgartiriladi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 6 - oktabr kuni Ozodlik muxbiri bilan gaplashgan mulozimiga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini qayta tashkil qilish rejalanmoqda.

Bir oy ichida e’lon qilinishi kutilayotgan yangi qonunga muvofiq, endilikda bandlik agentliklari faqat konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Xorijga ishga jo‘natish bilan esa bundan buyon faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi shug‘ullanishi rejalangan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG