Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:29

O‘ziga o‘t qo‘ygan ayolning nizoli uyi zakot sifatida qaytarildi. Marhumaning onasi rozi emas


МИБ ходимлари уйидан мажбурлаб чиқармоқчи бўлган наманганлик аёл ўзига ўт қўйиб ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:30 0:00

MIB xodimlari uyidan majburlab chiqarmoqchi bo‘lgan namanganlik ayol o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘ldi

O‘ziga o‘t qo‘yib o‘lgan namanganlik ayol yashagan uyga da’vogar Ahadxon Jo‘rayev bu uyni zakot sifatida marhumning farzandlariga beraman degan mazmundagi dalolatnomaga imzo chekdi. Namangan shahar hokimligi mulozimi da’vogarga yer ajratilgani va u o‘z navbatida da’vosidan voz kechib, nizoli uyni o‘zini yoqqan ayolning ikki yetim o‘g‘li uchun zakot sifatida berganligini aytdi.

Advokatga ko‘ra¸ zakot dalolatnomasi O‘zbekistonda yuridik kuchga ega emas. Marhumaning onasi Muhabbat Dedabayeva Ozodlik bilan suhbatda o‘zi 13 ming dollarga sotib olgan uyini o‘ziga zakot qilib berilgandan rozi emasligini bildirdi.

Ozodlikda Namangan shahar hokimi Isaev, shahar prokurori Yo‘ldoshev, shahar IIB boshlig‘i G‘aniyev va Yangi Zamin MFY raisasi Turg‘unova imzo chekkan daololatnoma nusxasi bor.

“Namangan shahar Shahrisabz ko‘chasi, 36- uyni o‘rganish yuzasidan dalolatnoma" deb yozilgan bu hujjatga nizoli uyning hujjatlardagi egasi Ahadxon Jo‘rayev imzo chekkan.

Dalolatnoma
Dalolatnoma

Yangi Zamin MFY yumaloq muhri bosilgan hujjatda nizoli mulk egasi Ahadjon Jo‘rayev hokimlikdan olgan yer uchastkasi evaziga Shahrisabz ko‘chasidagi uyni o‘zini yoqib yuborgan Gulandom Dedabayevaning yetim qolgan farzandlariga zakot sifatida berishga rozi bo‘lgani yozilgan.

Ammo bu uyni 13 ming dollarga sotib olganini aytayotgan Muhabbat Dedabayeva hujjatga imzo chekmagan.

Uy nizosi bo‘yicha Dedabayevlar huquqlarini himoya qilib kelayotgan advokat Anvarjon Ismatov Ozodlik bilan 20 - oktabrdagi suhbatda bu hujjatning yuridik kuchga ega emasligini aytdi:

“Qonunda uyni zakot sifatida berish degan aniqlama yo‘q. MFY muhri bosilgan dalolatnoma uyga egalik borasidagi sud qarorlarini bekor qila olmaydi. Bu dalolatnoma asosida kadastrda ko‘chmas mulk rasmiylashmaydi. Muammo hal bo‘lishi uchun sud qayta qaror chiqarishi kerak“.

Nizoli uyni sotib olib, firibgarlik qurboni bo‘lgani sud qarorida aytilgan Muhabbat Dedabayeva Ozodlik bilan 20 - oktabr kungi suhbatda bu daolatnoma muammoga yechim bo‘la olmasligini ta’kidladi:

“O‘zimiz 13 ming dollarga sotib olgan uyimizni o‘zimizga zakot qilib bersa bo‘laveradimi? Shu qaysi qonunga to‘g‘ri keladi? Bu yuqori organlar prokuror¸ hokim¸ va IIB boshlig‘i muftiy vazifasiniyam bajaryapti deganimi? Bu qilayotgan ishlari yangichasigayam, eskichasigayam umuman to‘g‘ri kelmaydiku?!Qandoq qilib o‘zimizning uyimizni zakot qilib berishadi? Unda nega Gulandomni o‘zini yoqishga majbur qilishdi?”

Muhabbat Dedabayeva shu paytgacha hech kim yordam bermagani¸ “Prezident qizi pul beribdi” degan mazmunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan xabarlar yolg‘on ekanlgini ham ta’kidladi:

“Birov kelib bir tiyin bermadi. Ikki yetimni uyli-joyli qilishga quvvatim yo‘q. Qaridim. Pul topib bolalarini boqayotgan qizim yonib kul bo‘ldi. Qizimdan qolgan ikki yetimni hokimlik uyli-joyli qilsin. Ikki nevaramga ikki kottedj berilsa adolatdan bo‘ladi”.

Dedabayeva o‘zi va ikki nevarasi hozir yashayotgan nizoli uy rasmlarini Ozodlikka yubordi. Rasmda oyna romi yo‘q loysuvoq bino aks etgan. Dedabayeva shu chala bitgan uyning bir xonasida deraza o‘rniga kleyonka qoqilgan xarobada istiqomat qilayotganidan shikoyat qildi.

Gulandom Dedabayevani o‘zini yoqishga majbur qilgan nizoli uy
Gulandom Dedabayevani o‘zini yoqishga majbur qilgan nizoli uy

Gulandom nega o‘zini yoqqan edi?

Namanganlik 35 yoshli yolg‘iz ayol Gulandom Dedabayeva shu yil 29 - sentabr kuni o‘ziga o‘t qo‘yib halok bo‘lgani haqida Ozodlik avval xabar qilgandi.

Yaqinlariga ko‘ra, Gulandom ikki yarim yil avval sotib olgan uyidan majburan chiqarmoqchi bo‘lgan MIB xodimlariga shu tariqa o‘z noroziligini izhor qilgan.

Janjal Gulandom Dedabayeva 2018 - yilda 13 ming AQSh dollariga sotib olgan uy ustida chiqqan.

Uyning asl egasi boshqa kishi ekanligi, o‘sha uyda yashab turgan uy egasining qarindoshi F. N. aldov yo‘li bilan hujjatlarni qalbakilashtirib, Gulandomga sotgani bu ishni ko‘rgan Jinoyat ishlari Namangan shahar sudining hukmida aytilgan.

2020 - yilning 9 - iyunida bo‘lib o‘tgan bu sud F.N.dan Gulandom Dedabayevaga 131 million so‘mni uch oy muddatda to‘lash va javobgarni 4 yilu 2 oy uy qamog‘ida saqlash haqida hukm chiqargan.

Ammo oradan uch oy o‘tgan bo‘lsa ham, javobgar tomon Gulandom Dedabayevaga pulning bir so‘mini ham to‘lamaydi. MIB sudning bu qarorini, ya’ni pulni undirib bermay turib, oilani uydan haydab chiqarmoqchi bo‘lgan.

Bunga esa, uy egasining sudga murojaat qilishi va sud ularni uydan chiqarish haqidagi qarori asos bo‘lgan.

Uy F.N.a va uning qarindoshlari o‘rtasidagi janjal obyekti bo‘lgan.

Uy Gulandom Dedabayevaning onasi Muhabbat Dedabayeva nomiga soxta hujjatlar asosida, janjalli uy ekani yashirilib sotilgan. Bu harakatlar sud hukmida aytilgan.

Ozodlikka yuborilgan videoda 29 - sentabr kuni Gulandom Dedabayeva MIB xodimlaridan avval uning pulini undirib berishini talab qiladi va shundan so‘ng uydan chiqishini bildiradi:

“Men bu uyni 13 ming dollar sanab berib olganman. Mening boshqa boradigan joyim yo‘q. Meni, onamni, ikkita bolamni boqadigan hech kim yo‘q. Meni majbur qilmanglar. Pulimni undirib beringlar, mana hozir beringlar besh minutda bu uyni tashlab chiqaman. Zo‘r O‘zbekiston deysizlar, qani u O‘zbekiston. Pulimni qaytarib bersin, MIBning ham keragi yo‘q, mahallaning ham keragi yo‘q, o‘zim chiqib ketaman. Ijroni qoldiringlar deganman, qoldiringlar. Hozir o‘zimni yoqib yuboraman, uvolimga qolib ketasizlar”, - degan edi hozirda marhum Gulandom Dedabayeva.

Namangan shahar prokuraturasi MIB xodimlari ko‘zi o‘ngida o‘ziga o‘t qo‘ygan 35 yashar Gulandom Dedabayevaning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochgan.

Holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi(O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

XS
SM
MD
LG