Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:28

Oksford universitetining koronavirus vaksinasi yoshu qarida bir xil immun reaksiyasi hosil qildi


Oksford universitetida koronavirusga qarshi vaksinani sinash jarayoni
Oksford universitetida koronavirusga qarshi vaksinani sinash jarayoni

Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan eksperimental COVID-19 vaksinasi ham yoshlarda, ham qariyalarda immun reaksiyasini hosil qildi.

Vaksinani ishlab chiqish jarayoniga jalb qilingan Britaniyaning AstraZeneca shirkatiga ko‘ra, emlash vositasi keksalarda boshqa o‘xshash vaksinalarga solishtirganda, kamroq salbiy reaksiya keltirib chiqarishi aniqlandi.

Samarali vaksina yangi koronavirusga qarshi kurashda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Virus bugunga qadar 1,15 milliondan oshiq odam umriga zomin bo‘ldi, global miqyosda iqtisodiy bo‘hron keltirib chiqardi.

Oksford universiteti vaksinasining ilmiy nomi AZD1222 yoki ChAdOx1 nCoV-19 bo‘lib, u Pfizer va BioNTech shirkatlari vaksinalari bilan bir qatorda rasmiy ruxsat beriladigan ilk vaksinalardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

AstraZeneca shirkati matbuot kotibi: «Natijalar AZD1222 xavfsiz va immunogen ekanligini ko‘rsatuvchi dalillarni yanada mustahkamlaydi», - dedi. Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok koronavirusga qarshi vaksina hali tayyor emasligini, ammo vazirlik aholini 2021 yilning ilk yarmida emlay boshlashga hozirlik ko‘rayotganini aytdi.

Vazirdan vaksinani joriy yilda qabul qilish mumkin bo‘lishi yoki yo‘qligi haqida so‘ralganda, «Buni istisno qilmayman, lekin bunday bo‘lishiga ishonmayman», - dedi.

«Dastur yaxshi siljiyapti, lekin hali marraga yetmadik», - deya Xenkokning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reyter agentligi.

Oksford universiteti olimlari AZD1222 vaksinasi ustida joriy yilning yanvaridan buyon ishlashadi. Vaksina shamollash virusining shimpanzelardagi infeksiya keltirib chiqaradigan turining zaiflashtirilgan ko‘rinishidan tayyorlangan. Xususan, olimlar virusni genetik jihatdan o‘zgartirib, unga protein nayzachalari genetik ketma-ketligini qo‘shishgan. Koronavirus inson tanasiga aynan shu proteinlar vositasida kiradi.

Vaktsina bilan emlangan shaxs tanasi koronavirusga yo‘liqishi bilan unga hujum qiladi. Iyul oyida ushbu vaksina bilan emlangan 15 – 55 yoshdagi sog‘lom shaxslarda «kuchli immun reaksiyasi» yuzaga kelgani aniqlangani xabar qilingan edi. Financial Times nashrining xabar qilishicha, tadqiqotlar natijalari yaqinda ilmiy jurnalda chop etiladi.

AstraZeneca allaqachon bir necha hukumat va shirkatlar bilan vaksinani ishlab chiqarish va tarqatish bo‘yicha shartnomalarni imzolagan. The Sun gazetasining xabar berishicha, London shifoxonasi xodimlariga Oksford/AstraZeneca vaktsinasining ilk dozalarini qabul qilib olishga hozirlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

XS
SM
MD
LG