Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:01

Bir yildan buyon ukamning aybini bo‘yniga qo‘ya olmay qamoqda ushlab turishibdi


O‘zbekiston Milliy gvardiyasi askarlari
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi askarlari

Buxoro viloyat, Qorako‘l tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Anvar Sayfullayevning aytishicha, Toshkent shahrida Prezident Milliy gvardiyasida xizmat qiladigan ukasi Amrullo Sayfullayev bir yil avval Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan gumonlanib hibsga olingan. Lekin oradan bir yil o‘tsa ham ukasining aybi na sud tomonidan tasdiqlandi, na u ozod etildi.

Бир йилдан буён укамнинг айбини бўйнига қўя олмай қамоқда ушлаб туришибди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:22 0:00
Бевосита линк

“Ukam, katta leytenant Anvar Sayfullayev Toshkentning Geofizika qo‘rg‘onidagi Milliy Gvardiyada xizmat qilardi. Lekin unga bolalarni O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasiga o‘qishga kiritishda pora olib pora bergansan, firibgarlik qilgansan degan ayblovlarni qo‘yib, 2019 - yilning 29 - oktabrida ushlab, ehtiyot chorasi sifatida uch oylik qamoqqa olingan edi. Lekin uch oyda tergov aybini bo‘yniga qo‘yolmadi. Sakkiz oydan keyin sud bo‘ldi. Harbiy sud bo‘lib, ish yana tergovga qaytarildi. O‘shandan buyon ham to‘rt oy o‘tyapti. Ammo na aybini bo‘yniga qo‘ya olishadi, na ozodlikka chiqarishadi. Insonni aybi tasdiqlanmay turib bir yil davomida qamoqda saqlash mumkin emasku. Inson huquqlari qayerda qoldi. Ukam bilan bizni umuman ko‘rishtirmaydi”.

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG