Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:59

Bayden va Merkel Rossiyaning Ukraina chegarasida qo‘shin to‘playotganini muhokama qildi


Germaniya kansleri Angela Merkel AQShning o‘sha paytdagi vitse-prezidenti Jo Bayden bilan - Berlin, 1 -fevral, 2013
Germaniya kansleri Angela Merkel AQShning o‘sha paytdagi vitse-prezidenti Jo Bayden bilan - Berlin, 1 -fevral, 2013

AQSh prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududlardagi qo‘shinlari sonini ozaytirsa, mintaqada yuzaga kelgan keskinlik yumshashiga ishonadi. Bu haqda Merkel ma’muriyati ma’lum qildi.

Ikki davlat rahbari 14 - aprel kuni telefon orqali suhbatlashgandan so‘ng Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Seybert:

«Kansler va prezident vaziyatni yumshatish uchun Rossiyadan keyingi paytda [mintaqaga] yuborgan qo‘shinlarini ortga qaytarishni talab qilishga kelishib oldilar», – dedi.

Keyingi paytda Rossiya qurolli bo‘linmalarining Ukraina bilan chegaradosh hududda hamda anneksiya qilingan Qrimda yirik harbiy amaliyotlarni boshlagani aks etgani aytilayotgan fotosurat, video va boshqa ma’lumotlar ko‘paydi. Bu esa Rossiya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini kiritishga hozirlanayotgani haqidagi xavotirni kuchaytirmoqda.

Bayden va Merkelning telefon suhbatidan oldinroq NATOga a’zo davlatlar vazirlari videoanjuman o‘tkazib, Rossiya Ukraina bilan chegaradosh hududda qo‘shin to‘playotganini muhokama qilgan edi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, NATO a’zolari Rossiyani «o‘zining tajovuzkor provokatsiyasini to‘xtatishga» chaqiradi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Vashington Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, harbiylariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelayotgani, lozim bo‘lsa, bunday yordam davom etishini aytdi.

Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer 14 - aprel kuni Rossiyani chegara bo‘ylab keskinlik keltirib chiqarishga urinishda aybladi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byorns esa AQSh Senati qo‘mitasi oldida qilgan chiqishida AQSh va uning ittifoqchilari Rossiya chegara hududida qo‘shin to‘playotganiga jiddiy yondashishi kerakligini ta’kidladi.

Kramp-Karrenbauer ARD telekanaliga bergan intervyusida:

«Rossiya o‘z harakatlarini davom ettirish uchun bahona topish maqsadida NATO reaksiyasini kutmoqda», - dedi.

Rossiya NATO tug‘dirgan «tahdidlar» oldini olish uchun o‘z qo‘shinlarini g‘arbiy chegarasi yaqinida jangovar mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun joylashtirganini aytmoqda.

Kramp-Karrenbauer Moskvaning bu da’volariga shubha bildirdi.

«Agar bu Rossiya tomoni aytayotgan manyovr bo‘lsa, [ularni] shaffof va ishonchli o‘tkazish uchun xalqaro tartiblar mavjud», - dedi u.

Rossiya Qrimni 2014 - yil mart oyida qo‘shib oldi va kamida 100 ta davlat noqonuniy deb e’lon qilgan referendumni o‘tkazdi.

Ko‘plab dalillar ko‘rsatadiki, o‘shandan beri Rossiya Donbass mintaqasida jang qilayotgan qurollangan ayirmachilarga diplomatik va harbiy yordam ko‘rsatib keladi.

2014 - yil aprel oyidan beri mojaro 13 mingdan ortiq odam umriga zomin bo‘ldi, 1 milliondan ortiq odamni o‘z uyini tark etishga majbur qildi.

Byorns AQSh Senatining Razvedka qo‘mitasiga Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun yetarli miqdorda harbiy kuch va qurol-yarog‘ to‘plaganini aytdi.

Россия Украина билан чегарадош ҳудудларга қўшин тўплай бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:36 0:00

AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi bo‘lgan Byorns tajribasiga tayangan holda chegara hududidagi harbiylar va texnika ko‘lami «[Ukrainaga qarshi] cheklangan harbiy hujum uchun asos bo‘la oladigan darajaga etganini» aytdi.

Mintaqada ziddiyat kuchayar ekan, prezident Bayden Putin bilan sammit o‘tkazishni taklif qildi. Moskva esa bu taklifni hanuz ko‘rib chiqayotganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG