Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:53

"Adolat yo‘q, charchadim!" - zominlik nogiron o‘qituvchi qishlog‘idagi maktabdan ish topolmayapti


Jizzax viloyat, Zomin tumani, Yom qishlog‘ida yashaydigan o‘qituvchi, ikkinchi guruh nogironi Feruza Tilagovaning arz qilishicha, u qishlog‘idagi maktab direktoridan uch yildan buyon ish so‘raydi, ammo ish ololmaydi. Saraton kasaliga chalinganini aytgan Feruza Tilagovaning so‘zlariga ko‘ra, uzoq qishloqlardagi maktablarga qatnab ishlash unga og‘ir.

23 йиллик тажрибага эга ўқитувчи: Директор қариндошларига иш бору менга йўқ!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:08 0:00
Бевосита линк

“Pedagogika bilim yurtini mehnat o‘qituvchisi sifatida tugatganman. Oliy ma’lumot olay deb Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi universitetga o‘qishga kirgan edim. O‘tgan yili Jizzax pedinstitutiga o‘qishimni ko‘chirdim. Shartnoma asosida o‘qiyapman, bu yil ikkinchi kursni tugatyapman. Uzoqdagi Beshbegi qishlog‘idagi maktabda menejerlik ishini berishgan. Oyligim 600-700 ming so‘m, har kuni o‘n ming so‘m yo‘lkira qilaman. Na bir so‘m orttira olib, kontraktimga to‘lay olaman, na oilamga orttira olaman. Uch yildan buyon tuman XTB, viloyat XTB va vazirlikka qatnab charchadim, lekin qishlog‘imdan ish bermayapti. Vaholanki, maktab direktori men kabi diplomi bor qarindoshlarini ishga olyapti. Adolat yo‘q, charchadim! Saraton kasalim bor, to‘qqiz marta operatsiya bo‘ldim. Taxikardiya, artrit kabi kasalliklarim bor. Agar sog‘ bo‘lganimda edi, boshqa maktablarga borib ishlab kelaverardim. Agar yaxshilab tekshirib chiqilsa men kabi o‘rta maxsus diplomi borlar boshqa maktablarda bemalol ishlab yuribdi. Zominda haqiqat yo‘q!”

Feruza Tilagovaning nogironlik haqidagi hujjati
Feruza Tilagovaning nogironlik haqidagi hujjati
Feruza Tilagova(Axmedova)ning diplomi
Feruza Tilagova(Axmedova)ning diplomi

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG