Линклар

Шошилинч хабар
27 сентябр 2021, Тошкент вақти: 08:10

Afg‘oniston: Tolibon Markaziy Osiyo chegarasidagi 20ga yaqin tumanni ishg‘ol qildi


Tolibon jangarilariga qarshi jangga otlangan afg‘onistonliklar.

Afg‘onistonda Tolibon Tojikiston bilan chegaradosh hududda joylashgan Qunduz shahrini qamal qildi.

Tolibon Afg‘onistondan Tojikiston hududiga o‘tuvchi yo‘l nazoratini ham o‘z qo‘liga kiritdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 23 - iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti paytida tojik-afg‘on chegarasida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildi.

23 - iyun kuni AQSh kongressida qilgan chiqishida Qurolli kuchlar qo‘shma shtabining rahbari general Mark Milli Tolibon Afg‘onistondagi 419 tuman markazidan 81tasini nazorat qilayotganini bildirdi.

Unga ko‘ra, Tolibon AQSh harbiylarining Afg‘onistondan chiqarish jarayoni hali boshlanmay turiboq 60ta tumanni bosib olgan.

BBC xabariga ko‘ra, Tolibon O‘zbekistonga bevosita chegaradosh Balxda besh tumanni egallagan. So‘nggi ikki hafta ichida Afg‘onistonning Turkmaniston va Tojikistonga chegaradosh mintaqalarida o‘ndan ortiq tuman Tolibon nazoratiga o‘tgan.

Ozodlikning Kobuldagi muxbiri Olim Ko‘hkanga ko‘ra, Tolibon jangarilarining hujumlari AQSh harbiylari Afg‘onistonni tark etishni boshlagach kuchaygan.

Afg‘onistondan AQSh harbiylarini olib chiqib ketish jarayoni 1 - mayda boshlagan va 11 - sentabrda yakunlanishi kutilmoqda.

Олим Кўҳкан Толибон ҳужумларига оид тафсилотлар билан
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00
Бевосита линк

22 - iyunda Tolibon Tojikiston bilan asosiy chegara -o‘tkazish maskani bo‘lgan Sherxon Bandar shahrini egallagan edi. Bu shahar viloyat markazi Qunduzdan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining bildirishicha, Mirziyoyev bilan Rahmon 23 - iyun kungi telefon muloqotida Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarda yuzaga kelgan vaziyatni “o‘ta keskin” deb baholashgan.

Ikki davlat prezidentlari Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonini olg‘a surishga ko‘maklashish yo‘nalishida hamkorlikdagi harakatlarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Mirziyoyev va Rahmon suhbati Afg‘oniston hukumati qo‘shinlarining Qunduz viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari bilan jangga kirgan 100 nafardan ortiq harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga qochib o‘tgani to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘lgan bir vaqtda o‘tkazildi.

XS
SM
MD
LG