Линклар

Шошилинч хабар
04 октябр 2024, Тошкент вақти: 07:06

Amsterdamda politsiya namoyishchi talabalarga qarshi kuch ishlatdi


Amsterdamdagi talabalar namoyishlarida lavha, 2024-yil 6-mayi
Amsterdamdagi talabalar namoyishlarida lavha, 2024-yil 6-mayi

Hollandiya poytaxtida 7-may kuni Falastin tarafdori bo‘lgan namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Undan bir kun avval Amsterdam universitetida jamoat xavfsizligi organlari tomonidan Falastin tarafdori bo‘lgan faollar lageri kuch bilan tarqatilgan edi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qildi.

Seshanba tongida Amsterdam politsiyasi barrikadalarni buzish uchun buldozerni ishga solgan hamda to‘qnashuvlar chog‘ida 170 kishini qo‘lga olgan. 7-may oqshomiga borib esa politsiya uchastkalarida qo‘lga olinganlardan to‘rt kishi qolgan edi.

Politsiya munosabatidan g‘azablangan universitet o‘qituvchilari va xodimlari yana bir norozilik namoyishi o‘tkazishga chaqirishgan.

Talabalar va xodimlar namoyishchilarga qarshi achchiq gaz, to‘qmoq va politsiya itlaridan foydalanilganini bayon qilishmoqda. Haddan ortiq zo‘ravonlik namoyishchilar o‘rtasida tan jarohatlari olinishiga sabab bo‘lgan”, deyilgan o‘zlarini “Hollandiyalik olimlar Falastin tarafida” deb nomlagan guruh bayonotida.

Biz talabalarning va olimlarning norozilik tadbirlarida ishtirok etish huquqi borligini qat’iy urg‘ulaymiz. Biz Amsterdam universiteti ma’muriyati talabalarning haqli talablarini bajarish o‘rniga zo‘ravonlikka yo‘l berayotganini qoralaymiz”, deya ta’kidlashgan bayonot mualliflari.

Mamlakat ta’lim vaziri Robbert Deykgraaf universitetlar muloqot va bahs-munozara joyi ekanini qayd etib, politsiya aralashishiga to‘g‘ri kelganini ko‘rish uning uchun qayg‘uli ekanini bildirgan.

Reuters jurnalistlari kuzatuvlariga ko‘ra, Yevropada G‘azodagi urushga qarshi talabalar aksiyalari o‘z ko‘lami nisbatida AQSHdagi bu kabi aksiyalarga yetgan emas.

XS
SM
MD
LG