Линклар

Шошилинч хабар
22 апрел 2025, Тошкент вақти: 11:05

Andijon viloyatida 40 dan ziyod mansabdor jarimaga tortildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonning Andijon viloyatida tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan 44 nafar mansabdor jarimaga tortildi. Bu haqda prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Biznes-ombudsman devoni tahlili natijalariga ko‘ra, Andijon viloyatida “9 nafar tuman hokimi qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, 11 nafar tuman agroinspeksiya bo‘lim boshliqlari, 16 nafar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘lim boshliqlari va 8 nafar tuman moliya bo‘limi boshliqlari tomonidan tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarga xulosa berishda muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilgan”i aniqlangan.

Xabarnomada qayd etilishicha, viloyatda shu kabi qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 44 nafar mansabdor O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 43-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

XS
SM
MD
LG