Линклар

Шошилинч хабар
14 феврал 2025, Тошкент вақти: 16:13

Andijonda konyakdan zaharlangan 22 kishining 5 nafari vafot etdi


Andijon viloyatida “O‘zbekiston” nomli konyak spirtli ichimligi iste’mol qilishi oqibatida zaharlangan 22 kishining besh nafari vafot etgan.

Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi o‘zining Telegram kanalida xabar qildi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 22-26-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak spirtli ichimligi iste’mol qilganlar o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarda yozilishicha, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG