Линклар

Шошилинч хабар
25 сентябр 2021, Тошкент вақти: 03:13

Antaliyada o‘rmon yong‘ini aholi mavzelariga o‘tdi, 50 dan ortiq odam jabrlandi (VIDEO)


Туркияда ўрмон ëнғини аҳоли мавзеларига ўтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00

Turkiyada o‘rmon yong‘ini aholi mavzelariga o‘tdi

Turkiyaning Antaliya viloyatidagi Manavgat tumanida bo‘layotgan yirik o‘rmon yong‘ini aholi yashaydigan hududlarga yetib keldi. Bu haqda CNN Turk xabar bermoqda.

Yong‘in natijasida 53 kishi jabrlandi, deya ma’lum qildi Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli. Uylar, korxonalar binolari, issiqxonalar va ekin yerlari zarar ko‘rgan, o‘nlab gektar o‘rmon yonib bitgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun viloyatga uchoq, 19 vertolyot, 103 o‘t o‘chirish mashinasi va 400 dan ortiq mutaxassis yuborilgan. Yong‘inga qarshi kurashga tashlangan kuchlar Antaliya – Alaniya katta avtomobil yo‘li yoqasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishmoqda.

Vazir Pakdemirliga ko‘ra, o‘t atrofga tarqalishiga, jumladan, shamol va quruq havo ham sabab bo‘lyapti.

Manavgat meri Shukru Syuzen mahalliy aholini xavfsiz joylarga ko‘chirishga to‘g‘ri kelganini bildirdi. Hurriyet Daily News nashri aniqlashtirishicha, jami beshta shaharcha va qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan.

XS
SM
MD
LG