AQSHning Apple shirkati 9-sentyabr kuni Kupertino shahrida (Kaliforniya shtati) sun’iy intellektli iPhone 16 smartfonlarini taqdim qildi, deya xabar qildi Reuters agentligi.
Mazkur taqdimot shirkatning Xitoydagi raqibi Huawei'ning shu kabi taqdimotidan bir necha soat keyin bo‘lib o‘tgan.
“iPhone'ning keyingi avlodi Apple Intelligence uchun nuldan boshlab ishlab chiqildi. Bu yangi jozib davrning boshlanishidir”, dedi Apple shirkati bosh direktori Tim Kuk taqdimot chog‘ida.
Apple va butun dunyodagi texnologik shirkatlar o‘z mahsulotlariga sun’iy intellekt qo‘shishga shoshilishyapti. Smartfonlar global miqyosda kuchli raqobat uchun maydonga aylanishi kutilmoqda. Reuters qaydicha, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi bu musobaqa dunyo bo‘ylab iPhone apparatlari sotuvi kamaygan bir sharoitda avj olyapti.
Xitoyning Huawei smartfonning iPhone'dan asosiy farqi uning buklanuvchanligidir.