Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:39

AQSh Davlat departamenti Rossiyani diniy erkinliklarni buzuvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi


Rossiya hukumati yillardan beri Iegovo shohidlari guruhi faoliyatini kuchli shubha bilan kuzatib keladi
Rossiya hukumati yillardan beri Iegovo shohidlari guruhi faoliyatini kuchli shubha bilan kuzatib keladi

AQSh Davlat departamenti Rossiyani diniy erkinliklarni «eng yomon buzuvchi» mamlakatlar ro‘yxatiga rasman kiritdi. Ushbu «yomonlarning yomoni» ro‘yxatida ayni damda Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va yana beshta davlat bor.

AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) 21 - aprel kuni e’lon qilgan yillik hisobotida Rossiya, Hindiston, Suriya va Vyetnamda erkinliklar jiddiy ravishda buzilayotgani bois, ushbu mamlakatlarni maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatiga kiritish taklif qilingan edi.

17 - noyabr kuni davlat kotibi Entoni Blinken ushbu to‘rt davlat orasidan faqat Rossiya maxsus ro‘yxatga kiritilganini ma’lum qildi. Hindiston, Suriya va Vyetnam esa «alohida xavotirga molik davlat» etib belgilanmadi.

Qora ro‘yxatga kiritilgan davlatlar vaziyatni yaxshilash yo‘lida chora ko‘rmasa, ularga qarshi sanksiya joriy qilinishi mumkin.

Bu safar Davlat departamenti o‘zining maxsus kuzatuv ro‘yxatiga diniy erkinliklar «keskin» buzilayotgan yana to‘rt mamlakat, xususan, Jazoir, Komorlar, Kuba va Nikaraguani kiritdi.

AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi tavsiyasiga qaramay, Davlat departamenti Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistonni ro‘yxatga kiritmadi.

USCIRF aprel oyida e’lon qilgan hisobotda o‘tgan yilda «Rossiyada diniy erkinlik ahvoli yomonlashgani», hukumat «noan’anaviy» deb topilgan diniy jamoalarni nishonga olayotgani ta’kidlangandi.

Rossiya rasmiylari o‘nlab yillardan beri Iegovo shohidlari kabi diniy ozchiliklarga shubha bilan qarab keladi. Prezident Vladimir Putin hukmron Pravoslav cherkovini ochiqchasiga dastaklaydi.

Rossiyada birgina taqiqlangan Iegovo shohidlari jamoasiga qarshi jami 188 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, ushbu e’tiqodga amal qiluvchilarning uylarida 477 ta reyd va tintuv o‘tkazilgan.

Hisobot e’lon qilinganidan keyin ham Rossiya Iegovo shohidlarini ta’qib qilishda davom etdi.

26 - oktabr kuni Astraxan shahri sudi to‘rt nafar Iegovo shohidini ekstremistik guruh tuzish yoki unga a’zo bo‘lishda aybdor deb topib, uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qildi.

O‘sha oy boshida Krasnodar shahri sudi 59 yoshli nogiron Iegovo shohidini sheriklari bilan Injilni mutolaa qilgani uchun to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG