Линклар

Шошилинч хабар
27 феврал 2021, Тошкент вақти: 21:33

AQSh Davlat kotibi Xitoy Shinjonda “uyg‘urlarni genotsid qilmoqda” deb bayonot berdi


Shinjondagi shahar ko‘chalaridan birini nazorat qilayotgan xitoy politsiyachilari.

Iste’foga chiqayotgan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy “Shinjondagi etnik uyg‘ur va boshqa musulmon millatlarni genotsid qilmoqda va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etmoqda”, deb bayonot berdi.

”Men genotsid davom etmoqda, deb hisoblayman va biz uyg‘urlarni yo‘q qilishga qaratilgan tizimli harakatlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu ish Xitoy Kommunistik partiyasining rahbarligi va nazorati ostida olib borilmoqda”,-deb bayonot berdi Pompeo 19 - yanvar kuni.

Pompeo barcha xalqaro tashkilotlarni, jumladan, sudlarni Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan olib borayotgan siyosati yuzasidan tergov o‘tkazishga chaqirdi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Pekinga bu masalada bosim o‘tkazishda davom etadi, deb umid bildirdi.

20 - yanvardan prezidentlikka kirishadigan Jo Bayden davlat kotibi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatgan Entoni Blinken Senatning 19 - yanvar kuni o‘tgan yig‘ilishida Xitoy uyg‘urlarni genotsid qilayotgani yuzasidan berilgan bayonotni ma’qullashini bildirdi.

BMTning bildirishicha, Xitoyda kamida bir million uyg‘ur va boshqa musulmon millatlar vakillari “qayta tarbiyalash” lagerlarida saqlanmoqda.

Huquq faollariga ko‘ra, Xitoy Shinjondagi musulmon xalqlarni “mehnat lagerlari”ga qamab, ularni majburiy mehnatga jalb qilmoqda.

AQSh hukumati uyg‘urlar va boshqa milliy ozchilik vakillariga qarshi kampaniya yuritayotgan Xitoy Kommunistik partiyasiga bosim o‘tkazish maqsadida 13 - yanvardan Shinjondan pomidor, paxta va paxtadan tayyorlangan mahsulotlarga taqiq joriy etgan.

Qo‘shma Shtatlar hukumati 14 - sentabrda Xitoydan paxta, kiyim-kechak, kompyuterlar uchun ehtiyot qismlar, jun sotib olishni taqiqlovchi qarorni qabul qilgan edi.

AQSh hukumatining bildirishicha, bu mahsulotlar Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi musulmonlar va etnik ozchiliklar majburiy mehnati oqibatida ishlab chiqarilgan.

Ozod Osiyo radiosining xabar berishicha, uyg‘urlar Sharqiy Turkiston deb ataydigan Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani rasmiylari turkiy dunyoning eng muhim olimlaridan biri Mahmud Koshg‘ariy haykalini olib tashlagan.

Ozod Osiyo radiosining Uyg‘ur xizmati sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayangan holda Koshg‘ariy haykali 2019 - yilning 28 - noyabridan keyin olib tashlanganini aniqladi.

XI asrda «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy so‘zlar devoni») shoh asarini yozgan olimning yetti metrli haykali 1990 - yillar o‘rtasida Qashg‘ar yaqinidagi O‘pal shahrida chetida joylashgan mozor yonida o‘rnatilgan edi.

O‘tgan yili Uyg‘ur inson huquqlari loyihasi birinchilardan bo‘lib Shinjonda Xitoy hukumati boshchiligida masjidlar va qabristonlar buzib tashlanayotgani haqida hisobot e’lon qilgan edi.

Joriy yil boshida Avstraliya strategik siyosat instituti ushbu mavzuda yana bir yirik hisobotni e’lon qildi. Institut hisoblariga ko‘ra, 2016 - yildan beri mintaqadagi masjidlarning 35 foizi vayron qilingan.

Yuqorida tilga olingan ikki hisobot mualliflari hisoblariga ko‘ra, Shinjonda buzib tashlangan masjid, qabriston va boshqa muhim madaniy-diniy obidalar soni 15 mingdan yuqoridir.

XS
SM
MD
LG