Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:17

AQSh Guantanamo qamoqxonasini yopdi


Guantanamodagi AQSh harbiy dengiz floti bazasi-Kuba, 2016
Guantanamodagi AQSh harbiy dengiz floti bazasi-Kuba, 2016

AQShning Guantanamo ko‘rfazidagi qamoqxonasi yopilib, u yerdagi mahbuslar Kubadagi Amerika bazasida joylashgan boshqa muassasaga olib ketilgan. Bu haqda yakshanba kuni AFP agentligi AQSh armiyasining Janubiy qo‘mondonligiga tayangan holda xabar qildi.

Guantanamo kompleksi tarkibidagi 7-lager mahbuslari «operatsion samaradorlikni oshirish» doirasida bazadagi boshqa mahbuslar saqlanadigan binoga yoniga ko‘chirilgan.

Kubaning janubi-sharqiy chekkasidagi hibsxonani Mayamida joylashgan Janubiy qo‘mondonlik nazorat qiladi.

Qo‘mondonlik nechta mahbus ko‘chirilgani haqida ma’lumot bermadi. Rasmiylar bunda oldin 7-lagerda 14 ga yaqin erkak saqlanayotganini ma’lum qilgan edi. Guantanamodagi boshqa mahbuslarning umumiy soni esa 40 ni tashkil qiladi.

Janubiy qo‘mondonlikning ma’lum qilishicha, 7-lagerdagi mahbuslar hech bir muammo yoki xavfsizlik insidentisiz 5-lagerga ko‘chirilgan. Mahbuslar qachon ko‘chirilgani haqida ma’lumot berilmadi. Deyarli bo‘shab qolgan 5-lager boshqa mahbuslar ushlab turiladigan 6-lagerning yonida joylashgan.

7-lager 2006 - yil dekabr oyida Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy hibsxonalarida saqlagan mahbuslar uchun ochilgan edi. «Qora joylar» deb nomlangan ushbu hibsxonalarda mahbuslar shafqatsiz so‘roq qilingan.

Armiya 7-lagerni Markaziy razvedka boshqarmasi bilan erishilgan kelishuv asosida boshqargan. Janubiy qo‘mondonlik mahbuslarni o‘chirib o‘tishda razvedka idoralari qatnashganini ma’lum qildi.

AQSh armiyasi bazada 7-lager joylashganini uzoq vaqt davomida tan olmagan edi. Bugunga qadar jurnalistlarga binoning ichki qismini ko‘rishga biror marta izn berilmagan.

Rasmiylar boshida vaqtincha muddatga qurilgan inshootda qurilish muammolari borligini va uni ta’mirlash kerakligini aytgan, ammo Pentagon qurilish uchun mablag‘ so‘rash rejasidan voz kechgan.

Xabarlarga ko‘ra, 7-lagerda saqlanayotgan mahbuslar orasida 2001 - yilning 11 - sentabr kuni amalga oshirilgan terror hujumlarini rejalashtirishda ishtirok etgani va terrorchilarga moddiy-texnik yordam ko‘rsatgani uchun urush jinoyatlarida ayblangan besh nafar mahbus bor.

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Guantanamo qamoqxonasini yopmoqchi ekanini aytib keladi. Ammo buning uchun ba’zi mahbuslarni sud qilish yoki qamoqqa olish uchun ularni AQShga ko‘chirishga Kongress roziligini olish kerak.

XS
SM
MD
LG