Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2025, Тошкент вақти: 01:54

AQSH o‘zbek bojgirlariga ko‘rik majmualarini taqdim etdi


Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasiga 50 dona ST-40 ko‘rik majmuasini taqdim etgan. Qo‘mita matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jihozlar bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonovning O‘zbekistondagi AQSH elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida topshirilgan.

Uchrashuvda elchi Xenik mazkur uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini urg‘ulagan. Xabarnomada o‘zbek bojgirlariga taqdim etilgan jihozlarning qiymati ochiqlangan emas.

Tadbir chog‘ida joriy yilning 18-19-aprel kunlari Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida AQSHning EXBS dasturi tomonidan Bojxona qo‘mitasi xodimlari uchun ST-40 ko‘rik majmuasidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazilishi rejalashtirilib olingan.

Avvalroq Ozodlik AQSH O‘zbekiston Chegara qo‘shinlariga qiymati 600 ming dollar bo‘lgan 225 dona “FLIR” infraqizil monokulyar taqdim etgani haqida xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG