Линклар

Шошилинч хабар
30 апрел 2025, Тошкент вақти: 18:14

AQSH va Ukraina xavfsizlik bo‘yicha 10 yillik shartnoma tuzadi


AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Kiyev, 14-may, 2024-yil
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Kiyev, 14-may, 2024-yil

AQSH Ukraina bilan xavfsizlik sohasida 10 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzadi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyev politexnika institutida 14-may kuni qilgan chiqishida bildirdi.

AQSH Davlat departamenti rahbariga ko‘ra, shartnomada AQSH tomonidan mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha “aviatsiyadan havo mudofaasigacha, dronlardan tortib minadan tozalash ishlarigacha” bo‘lgan sohalarda Ukrainaning dastaklanishi ko‘zda tutiladi.

Mazkur shartnoma Kiyev boshqa do‘st mamlakatlar bilan tuzib bo‘lgan yoki tuzmoqchi bo‘layotgan kelishuvlarga o‘xshaydi, biroq unda amerikalik harbiylarning Ukrainaga yo‘llanishi nazarda tutilgan emas. Ukrainaga hujum qilingan taqdirda Vashington muhtamal tahdidni qaytarish masalasini muvofiqlashtirish uchun Kiyev bilan eng yuqori darajada hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, Blinken ikki mamlakat o‘rtasida tuzilajak shartnoma Ukraina harbiy-sanoat majmuasining rivojlanishini tezlashtirishda ko‘maklashishi hamda kelajakda Ukrainaning o‘zi o‘q-dori va artilleriya aslahalari ishlab chiqarishiga imkon berishini bildirgan.

Avvalroq Ozodlik AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken 14-may kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga kelgani haqida xabar qilgan edi. Safar doirasida Blinken seshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, Kiyevga harbiy yordam masalasini muhokama qilgan.

XS
SM
MD
LG