Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 01:16

AQShda prezidentlik poygasiga hozirlik ko‘rilmoqda


AQSh kongresi a‘zosi Mishel Bakmann Respublikachilar partiyasidan o‘zini 2012 yilgi prezidentlik sayloviga nomzodi qo‘yilishi uchun tadbirlarni boshladi.

55 yoshli Bakmann respublikachilarning ultra–muhofazakor qanotiga mansubdir.

Bakmann xonim soliqlar kamaytirilishini talab qilib keladi, u abort va bir jinslar orasidagi nikohga qarshidir.

Filni timsol qilgan respublikachilardan nomzod bo‘lish uchun o‘z partiyasi ichida Bakmannga muxolif bo‘ladigan siyosatchi sifatida Massachusetsning sobiq hokimi Mitt Romni ko‘rilmoqda.

Eshakni timsol qilgan Demokratik partiyadan esa iqtidordagi prezident Barak Obamaning nomzodi qo‘yilishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG