Линклар

Шошилинч хабар
12 май 2021, Тошкент вақти: 20:53

AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden “bo‘luvchi emas, birlashtiruvchi” bo‘lishga va’da berdi (VIDEO)


AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden.

Delaver shtati, Uilmington shahrida AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden xalqqa murojaat qildi. Prezident murojaatini eshitish va uni qutlash uchun Uilmingtondagi konferens markaz maydoniga minglab odamlar yig‘ildi.

АҚШнинг янги сайланган президенти Жо Байден “бўлувчи эмас, бирлаштирувчи” бўлишга ваъда берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:56 0:00

Bayden 7 - noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20.00da (Toshkent vaqti bilan 8 - noyabr, 6.00da) o‘z nutqini boshlar ekan: “Qasam ichamanki, men bo‘luvchi emas, balki birlashtiruvchi amerikalik bo‘lishga harakat qilaman”, - deb aytdi.

Bayden Tramp tarafdorlarini “birdamlik”ka chaqirar ekan:

"Men bugun umidlari puch bo‘lganlarning ahvolini his qilib turibman . O‘zim ham bir necha marotaba saylovlarda mag‘lub bo‘lganman. Ammo, keling, bir-birimizga imkoniyat beraylik. Men bo‘luvchi emas, balki birlashtiruvchi prezident bo‘lishga va’da beraman. Rivojlanish uchun biz o‘z muxoliflarimizga dushmanimiz kabi munosabatda bo‘lishni to‘xtatishimiz lozim. Biz dushmanlar emasmiz. Biz amerikaliklarmiz”,- deb aytdi.

Shuningdek, Bayden 2021 - yilning yanvaridan boshlab koronavirusga qarshi kurashning yangi rejasini amalga kiritishini va “COVID-19 ustidan nazorat o‘rnatilishini” va’da qildi.

“Mamlakatimiz aholisi o‘z tanlovini qildi. Ular bizga ishonchli g‘alabani tortiq qildi”,-dedi Bayden o‘z so‘zida.

Uilmingtondagi konferens markaz maydoniga yig‘lgan minglab odamlar Baydenni olqishlar bilan kutib oldi.

Yangi prezident xalqni “keskin ritorikadan voz kechishga, keskinlikni yumshatishga va yana qaytadan bir birlariga nazar tashlab, bir birlarini tinglashga” chaqirdi.

"Men Amerikaning ruhini tiklash uchun prezidet bo‘ldim. Xalqning tayanchi -o‘rta sinfni tiklash uchun. Dunyoda Amerikaga bo‘lgan hurmatni yana qaytarish uchun keldim",-dedi nutqi davomida Bayden.

Bayden prezident sifatidagi faoliyatini COVID-19ga qarshi kurashni kuchaytirish va kasallik tarqalishining oldini olishdan boshlashini bildirdi.

U o‘ziga 74,5 million saylovchi ovoz berganini ta’kidlab, bu sistemali irqchilik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun berilgan mandat ekanini aytdi.

Baydenga ko‘ra, 9 - noyabrda u koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha o‘z rejasini amalga oshirish uchun olimlardan iborat maslahatchilar guruhini tashkil qilishga kirishadi.

Bayden bilan birga xalq oldiga chiqqan saylangan vitse-prezident Kamala Xarris saylovchilar “Amerika uchun yangi kunni ochib berdi”, deb aytdi va Baydenni “AQShning ruhini tiklay oladigan odam” sifatida taqdim qildi.

Xarris o‘zining birinchi ayol vitse-prezident ekanini ta’kidlab, “yagona ayol vitse-prezident bo‘lib qolmasligiga” umid bildirdi.

Bayden 7 - noyabr kuni soat 11:30da Vashingtonda saylov g‘olibi sifatida e’lon qilingan edi.

Xalqqa qilgan murojaatlarida Xarris ham, Bayden ham o‘z mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortayotgan prezident Donald Tramp nomini tilga olmadi.

Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya Kantsleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Jo Baydenni prezidentlikka saylangani bilan tabrikladi. Kanada, Gretsiya, Irlandiya, Belgiya va Litva rahbarlari ham tabrik yo‘llashga ulgurishdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «amerikaliklar o‘z prezidentlarini tanlaganliklari»ni qayd etarkan, Bayden va Harrisni qutladi hamda ular bilan “birgalikda ishlash”ga tayyorligini ta’kidladi.

Respublikachi senator Mitt Romni Baydenni tabrikladi
2012 - yilga saylovlarda Barak Obama bilan prezidentlik uchun kurashgan republikachi senator Mitt Romni Jo Baydenni prezidentlikka saylangani bilan tabrikladi.
Bayden saylovchilar kollegiyasining 279 ovozini qozongan. Oq uyga rahbarlik qilish uchun 270 ovoz kifoya.

Hozircha bu Baydenning raman g‘alabasini anglatmaydi. Saylovchilar kollegiyasi prezidentni rasman 14 - dekabrda saylaydi.

Qolaversa AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylov natijalari bo‘yicha sudda tortishish niyatida.

XS
SM
MD
LG