Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:50

Arqadag‘ yo‘qolib qoldi. Uning qayerdaligi haqida mish-mishlar urchimoqda


Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar.
Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar.

Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ajabtovur jahon rekordlari o‘rnatishga ishqiboz. Hozir u necha kunlardan beri izsiz g‘oyib bo‘lib, o‘z rekordini yangilash arafasida turibdi. Bu esa uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq turli mish‑mishlarni urchitmoqda.

65 yoshli Berdimuhamedov o‘tgan yili davlat rahbarligini o‘g‘li Serdarga topshirgan edi.

Ammo bu yil boshidan u aftidan, yanada kuchliroq lavozimni egalladi: u butun hukumatning, shu jumladan, o‘g‘lining ishini nazorat qiluvchi Xalq kengashini boshqaradi, kamiga, yangi "milliy rahnamo" unvonini ham oldi.

U go‘yo "yosh yetakchilar"ga yo‘l ochish uchun prezidentlikdan ketganidan bir yil o‘tmay telekanallardan tushmay qoldi, ba’zida u 41 yoshli o‘g‘li Serdarni ortda qoldiradi.

Ammo Gurbanguli Berdimuhamedov Germaniyaga safarda ekanligini ko‘rsatishganidan beri u ko‘rinmay qoldi.

Berdimuhamedovning 2006-yildan 2022-yilgacha davom etgan prezidentligi davri shunga o‘xshash g‘oyib bo‘lishlar avval ham kuzatilgan.

2019-yil iyuli birinchi haftasidan o‘sha yilning avgust oyi birinchi haftasigacha bir oy davomida yo‘qolib qolgan.

Отасидан Туркманистон президенти лавозимини олаётган Сардор Бердимуҳамедов ҳақида 5 факт
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:42 0:00

O‘sha vaqt oralig‘ida davlat matbuoti uning hukumat amaldoriga poytaxt Ashxoboddagi avtobus bekatlari haqida topshiriq berayotganini ko‘rsatgan edi, ammo bu kadrlarning hech bo‘lmaganda bir qismi eskiga o‘xshardi.

Berdimuhamedovning bu safargi tasviri Germaniyada noma’lum sanada suratga olingan va “Vatan xabarlari” axborot dasturida 29-aprel kuni efirga uzatilgan. Shundan beri Arqadag‘ ko‘rinmay qoldi.

Undan bir haftadan ko‘proq vaqt oldin 20-aprel kuni uning Xalq kengashi yig‘ilishiga raislik qilayotgani ko‘rsatilgan edi.

Frankfurtga safar

29-aprel kuni o‘sha axborot dasturida Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lining “topshirig‘i bilan” safarga chiqqani, bu safari davomida u Germaniyaning naslchilik fermasiga borgani va “ot boqishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishgani” haqida xabar berdi.

Albatta, bu sohada katta Berdimuhamedov ko‘rsatmalarga muhtoj emas.

U 2015-yilda “Xalq chavandozi” unvoni bilan taqdirlangan bo‘lib, telekanallarda uning turkman otlarini minishi, parvarishlashi va mashhur turkman otlari haqida kitoblar yozishi muntazam namoyish etiladi.

Germaniyaga tashrifning yana bir jumboqli jihati sobiq prezidentning yonida tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovning otxonada yurganidir.

Turkmaniston davlat televideniyesining 1-may kuni xabar berishicha, Meredov bosh vazir o‘rinbosari ham bo‘lib, yillik ta’tilga chiqqan va o‘z vazifasini vaqtincha bosh vazir o‘rinbosari Vepa Xadjiyevga topshirgan.

Bu Turkmaniston rasmiylarining ko‘pchiligi an’anaviy tarzda oladigan yozgi ta’tildan biroz ertaroqdir.

Yevropada joylashgan «Chronicles of Turkmenistan» nashri keltirgan Flightradar24 veb-saytidagi parvoz ma’lumotlari Berdimuhamedov Germaniyaga safar qilgani haqidagi versiyani tasdiqlaydi.

Berdimuhamedov uchgan Boeing 777-200 (LR) samolyoti 22-aprel kuni Frankfurt aeroportiga qo‘ngan va uning safari haqidagi xabardan bir kun oldin – 28-aprel kuni Ashxobodga qaytgan, deyiladi nashrda.

Gurbanguli Berdimuhamedov Germaniyadan qaytayotgan samolyotda bo‘lganmi? Agar shunday bo‘lsa, nega u shu paytgacha, jumladan, 30-aprel, Milliy otlar kunida ko‘rinmadi? U bunaqa tadbirlardan qolmasdi

Ozodlik radiosi Turkman xizmatiga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan hukumatdagi manbaning aytishicha, Gurbanguli Berdimuhamedov va Meredov hamon Germaniyada bo‘lib, u yerda uchrashuvlar o‘tkazmoqda. «Ozodlik» radiosi bu ma’lumotni boshqa manbalar orqali tasdiqlay olmadi.

Qizig‘i shundaki, Turkmaniston davlat matbuoti 2-may kuni Turkmaniston hukumati delegatsiyasi ikki davlat o‘rtasidagi kengroq iqtisodiy hamkorlik doirasida Deutsche Bank va Commerzbank bilan muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar berdi.

Turkmaniston delegatsiyasining nemis ishbilarmonlari bilan muzokaralari haqida gapirilgan o‘sha xabarda Gurbanguli Berdimuhamedovning bu mamlakatga «yaqinda» qilgan safari alohida voqea sifatida tilga olingan.

Xabarda aytilishicha, sobiq prezident Turkmanistonning “nemis hamkorlari”ni Arkadag‘ shahri ochilishiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etishga taklif qilgan.

Deutsche Bank’ka Turkmanistonning birinchi rahbari Saparmurod Niyozov ham xayrixohlik qilgan.

Shaffoflik masalalarini kuzatuvchi Global Witness tashkiloti bundan o‘n yildan ko‘proq vaqt oldin yozganidek, Turkmaniston markaziy banki “Deutsche Bank’da 949924500 hisob raqamiga ega bo‘lgan” va tabiiy gaz sotishdan tushgan katta mablag‘larni shu hisobga o‘tkazgan.

Biroq, “xalqaro moliya institutlarining turli hisobotlarida aytilishicha, ushbu hisobvaraqdagi pullar Turkmaniston prezidenti Saparmurod Niyozov tomonidan to‘liq nazorat qilinadi”, deya qo‘shimcha qildi Global Witness. Niyozov 2006-yilda to‘satdan vafot etdi, bu esa o‘sha paytdagi Sog‘liqni saqlash vaziri Gurbanguli Berdimuhamedovga yuqori lavozimni egallashga imkon berdi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Meredov va Berdimuhamedovning safari haqidagi so‘rovlarga javob bermadi.

Katta Berdimuhamedovning Germaniyada uzoq qolishi uning sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarni zo‘raytirishi muqarrar.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari standartlarini nazarda tutsak, Berdimuhamedov 15 yillik hokimiyatdan keyin o‘tgan yilning fevralida prezidentlikdan ketishga qaror qilganida hali yosh edi.

2019-yil yozida uning uzoq vaqt g‘oyib bo‘lgani Arqadag‘ning o‘lgani haqidagi yolg‘on xabarlarni urchitdi. U bu mish‑mishlarni Qoraqum cho‘lidagi “Do‘zax darvozalari” deb nomlangan yonayotgan gaz krateri atrofida avtomashina boshqarib ketayotgani tasvirlangan video orqali rad qilgan edi.

"Президент имиджини бузаётган" туркманларга навбатда туриш тақиқланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:46 0:00

Ammo ish shu bilan tugamadi, keyingi yillarda Serdar Berdimuhamedov hokimiyat pillapoyalaridan shitob ila ko‘tarila boshladi.

Nazariy jihatdan, mamlakat boshqaruviyning nasliy o‘tishi katta Berdimuhamedovga ko‘proq erkinlik berishi kerak edi, shunda u bir muddat jamoatchilik nazaridan g‘oyib bo‘lishi, shuningdek, vafot etgan taqdirda rahbariyat bilan bog‘liq noaniqliklar bo‘lmasligi kerak edi.

Serdar Berdimuhamedov muxoliflarsiz saylanganidan bir hafta o‘tib, uning otasi undan o‘z sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanishga izn so‘radi.

"Men 40 yildan beri rahbarlik lavozimlarida ishlab, 25 yildan beri siyosat bilan shug‘ullanaman. Bu vaqtda ish katta bo‘lgani uchun to‘liq dam olmadim. Shuning uchun 1-apreldan boshlab ta’til so‘rayman.” “Neytral Turkmenistan” davlat gazetasi o‘sha paytdagi katta Berdimuhamedovdan iqtibos keltirgan holda kichik Berdimuhamedov kattasining so‘rovini qondirgani haqida xabar beradi.

Ammo sobiq prezident mish-mish tarqatuvchilar tegirmoniga suv quya boshladi, o‘sha yil oxirida jamoat hayotiga yana qaytdi, xorijiy davlat rahbarlari, jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi va mamlakat viloyatlariga muntazam safar qiladigan bo‘ldi.

Uning ijtimoiy ta’siri shunchalik kuchli ediki, o‘tgan yil oxirida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga anonim intervyu bergan tajribali turkman jurnalisti shunday hazillashadi: “Odamlar mamlakatni qaysi Berdimuhamedov boshqarayotganini bilishmaydi, lekin kim bo‘lsa ham yaxshi ishlay olmayapti".

Ozodlik radiosining Turkmanistondagi muxbirlari Berdimuhamedovlar davrida mamlakatda yashash yana qimmatlashgani va bu boshqaruvdagi uquvsizlikdan ekani haqida xabarlar berishadi.

“Odamlar endi kundalik muammolari bilan band. Gurbanguli bormi, yo‘qmi, hech kimni qiziqtirmaydi. Hech kim uni tilga olmaydi ham”, deydi ulardan biri.

Prezident Serdar Berdimuhamedov 9-may kuni Moskvadagi qattiq nazorat ostida o‘tgan G‘alaba paradiga so‘nggi daqiqada tashrif buyurdi, 10-may kuni esa Tojikiston poytaxti Dushanbeda Tojikiston rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

XS
SM
MD
LG