Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:56

Londondagi terakt uchun ma’suliyatni IShID zimmasiga oldi, politsiya 18 yashar yigitni ushladi


London metrosida jarohatlangan ayol
London metrosida jarohatlangan ayol

15 sentabr kuni London metrosida amalga oshirilgan portlash ortidan Britaniyada terror xavfi darajasi eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Tereza Mey bildirdi.

- Mavjud ma’lumotlarga tayanib, terror xavfi darajasini belgilovchi mustaqil tashkilot bo‘lmish Terrorizmni tahlil qilish qo‘shma markazi xavf darajasini “jiddiy”dan “eng yuqori”ga ko‘tarishga qaror qildi. Bu mamlakatda yana hujum amalga oshirilishi mumkinligini anglatadi,- dedi Tereza Mey.

Parsons Green stantsiyasida yuz bergan portlash tufayli 29 odam jarohatlangan.

"Ислом давлати" Лондон метросидаги портлашга масъулиятни зиммасига олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:16 0:00

“Islom davlati” terror guruhi hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, ammo London shahar politsiyasi bu iddaoni hali tasdiqlab bo‘lmasligini bildirdi.

Politsiya tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni ertalab metro poezdi vagonlaridan birida qoldirilgan qo‘lbola portlash moslamasi muvaffaqiyatli ravishda portlamagan, natijada yong‘in boshlangan.

Moslama portlovchi modda va mix bilan to‘ldirilgan chelakdan iborat bo‘lgan.

Politsiya hodisani terror hujumi o‘laroq ko‘rib chiqmoqda.

Bosh vazir Mey ayrim “himoyalangan joylardagi” politsiya xodimlari o‘rnini harbiylar egallaganini, London metrosi stantsiyalari va ko‘chalariga 1000 nafar qo‘shimcha politsiya zobiti safarbar qilinishini aytdi.

Politsiyaning bildirishicha, jarohatlanganlar orasida stansiyadan olomon qocha boshlagan paytda jarohat olganlar hamda tanasi kuyganlar bor. Ammo jarohat olganlarning birortasi ham og‘ir ahvolda emas.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, politsiya portlash yuzasidan o‘tkazayotgan tergov doirasida 18 yoshli yigitni qo‘lga olgan.

Avvalroq politsiya uning kimligini kuzatish kameralari yordamida aniqlagani haqida xabar qilingan edi.

Gumonlanuvchi 16 sentabr kuni Dover shahrida ushlangan.

Aksilterrorizm amaliyotlari bo‘yicha milliy koordinator Neyl Basu: “Bu siljishdan mamnunmiz, lekin tergov davom etadi. Xavf darajasi esa yuqoriligicha qolmoqda”, dedi.

Rasmiylar bundan boshqa ma’lumot bermadi. Boshqa gumonlanuvchilar ham bor yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

Parsons Green stansiyasi 16 sentabr kuni qayta ochildi. Ammo terror xavfi darajasi o‘zgartirilmadi.

15 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Britaniya xalqiga hamdardlik bildirdi:

- Bugun kuchli terror hujumini boshdan kechirgan London xalqiga aytmoqchimanki, biz sizlar bilan ruhan birgamiz va siz uchun duo qilamiz. Men ajoyib ayol, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan ertalab suhbatlashdim hamda Amerika chuqur hamdardlik bilidirishini, shuningdek, sayyoramizdan terrorchilarni – radikal ilsomiy terrorchilarni – yo‘q qilishga qilgan ahdimiz mutlaq ekanligini aytdim. Ularni yo‘q qilamiz, menga ishonavering,- dedi prezident Tramp.

XS
SM
MD
LG