Линклар

Шошилинч хабар
09 феврал 2026, Тошкент вақти: 04:00

Bangfurushga ko‘maklashgan IIB xodimi qamaldi

Toshkentda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxsga va bu jinoyatda unga ko‘maklashgan profilaktika inspektoriga nisbatan hukm o‘qildi, deya xabar qildi “Kun.uz”.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Andijon shahrida yashovchi 29 yoshli Sh.A. Rossiyadan maishiy texnika ichiga yashirilgan holda jo‘natilgan narkotik moddalarni aytilgan manzilga yetkazish bilan shug‘ullanib kelgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborini tortmaslik hamda shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ishda yordamlashishi uchun Andijon tumanida profilaktika inspektori lavozimida ishlagan, 1991-yilda tug‘ilgan I.T. bilan jinoiy til biriktirgan.

Sh.A. 2024-yil 5-mart kuni Rossiyadan O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan giyohvandlik moddasini Toshkent shahri Yangihayot tumani hududida qabul qilayotgan paytda ushlangan. Tezkor tadbirda u vaqtinchalik yashagan Yashnobod tumani Elbek ko‘chasidagi xonadondan sotish uchun saqlanayotgan giyohvandlik moddasi topilgan.

Profilaktika inspektori sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

Sud hukmi bilan narkokuryer Sh.A.ga 11 yil 1 oy, IIB xodimi I.T.ga esa 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, narkotik oldi-sotdisiga yordam berishda ayblangan profilaktika inspektori taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, qora belbog‘ sohibidir.

XS
SM
MD
LG