Линклар

Шошилинч хабар
13 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:53

Bayden faoliyatini yorituvchi jurnalistlar unga istalgan savolni berishga haqli ekanlarini eslatishdi


Zelenskiy (ch) va Bayden (o‘) Savelletridagi qo‘shma matbuot anjumanida, 2024-yil 13 iyuni
Zelenskiy (ch) va Bayden (o‘) Savelletridagi qo‘shma matbuot anjumanida, 2024-yil 13 iyuni

Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi (OUMA) prezident ma’muriyati va Baydenning o‘zi ularga qanday savol berilishini tanlay olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Deadline nashri xabar qildi. Mazkur bayonot Jo Baydenning Italiyadagi matbuot anjumanidagi so‘zlari ortidan berildi.

Joriy yilning 13-iyunida “G7” sammitida AQSH prezidenti Jo Bayden va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning matbuot anjumanida bo‘lib o‘tgan. Bloomberg agentligi jurnalisti Baydenga AQSH va YIda terror tashkiloti deb topilgan HAMAS guruhi haqida savol bergan.

“Bolalar, sizlardan ozroq o‘yin qoidalariga rioya qilishlaringizni istardik. Men Ukrainadagi ayanchli vaziyat haqida gaplashish uchun bu yerdaman, siz esa mendan boshqa narsa haqida so‘rayapsiz”, degan Bayden.

Bu savoldan oldin AQSH prezidentidan qamalib ketishi mumkin bo‘lgan Xanter haqida so‘ralgan edi. Har holda, Bayden jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob bergan.

Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasi Bayden matbuot anjumanlarida savollar mavzusi bo‘yicha jurnalistlarga hech qanaqa shart qo‘yilmasligini aniqlab olish “jamoatchilik manfaati”ga mos, degan qarorga kelgan.

Oq uy prezident muloqot qilishi mumkin bo‘lgan muxbirlar sonini belgilaydi, qanday savollar berishni esa muxbirlarning o‘zlari hal qilishadi. Har bir lider jurnalist unga faqat bitta savol berishini hamda o‘zini eng ko‘p qiziqtirgan savolni berishini ma’qul ko‘rishi mumkin, biroq erkin matbuot mustaqil ravishda faoliyat yuritadi”, deyilgan assotsiatsiya bayonotida matbuot anjumanlarida prezidentga ko‘proq savol berish imkoniyati yaratilishining olqishlanishi qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG