Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:05

Belarus O‘zbekistondan paxta sotib olmoqchi


Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi Igor Sokol O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, invyestitsiya va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Akmal Kamolov bilan uchrashdi.

Toshkentdagi Belarus elchixonasi matbuot xizmatiga asoslanib, Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistondan Belarusga paxta yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Hozirga qadar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida davlatlar va hukumatlararo 24 ta shartnoma, idoralararo va xalqaro 11 tadan hujjat imzolangan.

Belarus O‘zbekistonning muhim savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

2010 yilda ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash 136,2 million AQSh dollarini tashkil qilgan.
XS
SM
MD
LG