Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:44

"Beshinchi kolonnani dastaklash". Putin qozog‘istonliklarga Rossiya pasporti olishni osonlashtirdi


Putin imzolagan farmon "Inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida" degan so‘zlar bilan boshlanadi.
Putin imzolagan farmon "Inson va fuqaro huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida" degan so‘zlar bilan boshlanadi.

18-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston, Belarus va Moldova fuqarolarining Rossiya pasportini olishini soddalashtirish to‘g‘risida farmon imzoladi. Endi qozoq azamati so‘nggi besh yilda Rossiyada yashaganini, uning tarixi va qonunchiligini bilishini isbotlashi shart emas. Xo‘sh, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidan nega faqat Qozog‘iston tanlandi?

“Qulay sxema”

Qozoq internet segmenti ushbu yangilikdan so‘ng “Rossiya urushga jo‘natish uchun odam qidiryapti”, “frontda ahvol og‘ir, ko‘proq to‘p yemi kerak” va “okoplarga yo‘llash kerak bo‘lsa, imtihon ham olib o‘tirishmaydi”, degan xulosaga keldi.

Joriy yil boshida Rossiya shartnoma asosida harbiy harakatlarda ishtirok etishga tayyor chet elliklarga fuqarolik berilishini soddalashtirgan edi. Undan bir oy oldin, aprelda Rossiya fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartishlar kiritilgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan kishi qizil pasportdan mahrum bo‘ladi.

Inson huquqlari bo‘yicha Qozog‘iston xalqaro byurosi vakili jurnalist Sergey Duvanov ushbu imtiyoz avvalo putinparast va Rossiya uchun jang qilishga tayyor qozog‘istonliklar uchun o‘ylab topildi, deb hisoblaydi.

“Ko‘plab rossiyaliklar urushda o‘lishni istamay, Kreml siyosatidan norozi bo‘lib chet elga ketishyapti. O‘qimishli kishilar, tadbirkorlar va AyTi-mutaxassislarning xorijga ko‘chishi hamon davom etmoqda. Rossiya hukumati buni tushunadi. Hozir separatsiya ketyapti. Ya’ni Rossiya urushga borishni istaydigan odamlar borligini, lekin ular boshqa mamlakatlar fuqarolari ekanini biladi. Rossiyani tark etganlar o‘rnini shu tariqa ular bilan to‘ldirishmoqchi. Borasan, fuqarolikka kirasan va urushga jo‘naysan. Qulay sxema”, deydi Duvanov Ozodlikka bergan izohida.

Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat fuqarosi, agar o‘zga mamlakatda qurolli mojaroda ishtirok etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shu yilning noyabr oyida qarag‘andalik 34 yoshli Aleksey Shompolov Ukraina urushida qatnashgani uchun olti yilu sakkiz oyga qamalgan edi.

"Ўзбекистонни Россияга қўшиб олиш". Тошкент "чуқур ташвишда", аммо норозилик нотаси йўқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:42 0:00

2022-yilning kuzida Ukrainaga qarshi urushda askar yetishmasligi sezila boshlangach, Kreml “qisman safarbarlik” e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng minglab odamlar Rossiyadan qochib, o‘zga mamlakatlardan panoh izladilar. Rasmiy qaydlarga ko‘ra, safarbarlik e’lon qilinishi ortidan 837 ming nafar rossiyalik Qozog‘istonga kelgan, ulardan 780 ming nafari tez orada boshqa mamlakatlarga o‘tib ketgan. Bu haqda o‘tgan yili dekabrda Qozog‘iston Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi ma’lum qilgan edi.

“Iqtisodiy ekspansiya” va “aholini ko‘paytirish”

Forbes va The Bell nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng 600 mingdan 1 million nafargacha kishi Rossiyani tark etgan. Kreml voizi Dmitriy Peskov bu raqamlarni “haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deya rad qilishga uringan edi.

Rus muhojirlari portretini yaratuvchi OutRush tadqiqot loyihasi urushdan qochib ketgan rossiyaliklarni “yaxshi ta’lim olgan, ijtimoiy ahvoli o‘rtachadan yuqori va asosan yirik shaharlarda yashagan katta salohiyatli yoshlar” deya ta’riflagan.

Siyosatshunos Dosim Satpayev ham “Kreml mamlakatni tark etganlar o‘rnini Qozog‘iston, Belarus hamda Moldova fuqarolari hisobiga to‘ldirmoqchi” degan fikrga qo‘shiladi.

“Biroq ular urushga jo‘natish uchun emas, balki iqtisodiy ekspansiya boshlash uchun fuqarolikka olinadi. Ayni paytda Qozog‘iston urush va sanksiyalardan zaiflashgan Rossiya uchun faol iqtisodiy zona bo‘lib turibdi”, deydi ekspert.

Siyosatshunos Gaziz Abishevga ko‘ra, endi Qozog‘istondan asosan yuqori malakali kadrlar chiqib keta boshlaydi.

“Soddalashtirilgan tartib shu paytgacha Rossiya fuqaroligiga o‘tish haqida o‘ylamaganlarni ham ketishga undaydi, birinchi galda – Rossiya mehnat bozorida raqobat qila oladigan texnik soha mutaxassislarini”, deydi Abishev.

Iqtisodchi Arman Beysembetov nazarida ham Qozog‘iston “emigratsiyaning yangi to‘lqinidan ehtiyot bo‘lmog‘i kerak”.

“Chunki Rossiya bozori postsovet makondagi eng to‘lov qobiliyati yuqori bozorlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, u eng diversifikatsiyalangan iqtisodiyot hamdir. Yaqin istiqbolda hech bir mamlakat uni bu maqomdan tushira olmaydi”, deydi u ishonch bilan.

Qozog‘istonda Rossiyaga ko‘chib ketayotganlar ko‘p – bu fakt. Masalan, o‘tgan yili Qozog‘istonni butkul tark etganlarning 80 foizi Rossiyaga ko‘chib o‘tgan. Statistika byurosi qaydlariga ko‘ra, urush boshlangan 2022-yilda 19 383 kishi Rossiyaga doimiy yashashga ketgan. Bu avvalgi yillarga qiyoslaganda kichkina raqam: 2021-yilda – qariyb 27 ming, 2020-yilda – 25 mingdan ortiq, 2019-yilda esa 40 ming qozog‘istonlik Rossiyaga ko‘chib borgan.

Qozog‘istonni tark etganlarning aksarini etnik ruslar (24 000 dan 16 024 nafari) tashkil qiladi, ulardan keyingi o‘rinlarda nemislar (2300 kishi) va qozoqlar (1427 kishi) joylashgan. Salkam bir yarim ming qozoqdan qariyb 600 nafari emigratsiya uchun Rossiyani tanlagan.

Statistikaga qaraganda, migratsiya kayfiyati Qozog‘istonning shimoliy hududlarida va Olmaotada kuchli.

Rossiya davlat statqo‘mi shu yil 1-oktabrda e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat aholisi 146,3 million kishini tashkil etadi. Bu yil boshidagi ko‘rsatkichdan 192,4 ming kishiga kam. 2015-yildan beri tug‘ilish kamaymoqda.

Demografiya vaziyatni yaxshilashga qaratilgan turli dasturlar, jumladan “ona kapitali”ning joriy etilishi sezilarli natija bermadi. Rossiya hukumati muammoni hal qilish uchun xorijdan migrantlarni taklif etishga qaror qildi va ayollarga abort qildirishni qiyinlashtirib qo‘ydi.

Rossiya demograflari hisob-kitobicha, aholini 146 million salmoqda saqlab turish uchun Rossiya har yili 1,1 milliongacha migrant jalb qilishi kerak. Aks holda esa, eng tushkun bashoratlarga ko‘ra, 2100-yilga borib aholi 67,4 milliongacha qisqarishi mumkin. Rossiyaning xalqaro migratsiyaga oid statistik ma’lumotlariga qaraganda, joriy yilning yanvaridan sentyabriga qadar 412 mingdan ziyod kishi Rossiyaga ko‘chib kelib, 323 mingdan ortiq odam ko‘chib ketgan. Urush boshlangan 2022-yilda 622 ming kishi doimiy yashash uchun Rossiyaga kelgan va shuncha odam mamlakatni tark etgan.

Путиннинг Қозоғистон президенти исмини адаштириши тасодифми ëки...?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:54 0:00

“O‘rmalayotgan okkupatsiya”

PaperLab tadqiqotchisi va siyosatshunos Anastasiya Reshetnyak Kremlning qarorini siyosiy populistik harakat deya baholaydi. U Putinning mazkur farmonini 2024-yil 15–17-mart kunlariga belgilangan Rossiya prezidenti saylovi bilan bog‘laydi.

“Ukraina frontida maqtanishga arzigulik g‘alabalardan darak yo‘qligini hisobga olib, Putinga ovoz beradiganlarni topishning boshqa yo‘llarini izlashga majbur bo‘lishyapti. Uch “do‘st” mamlakat – Belarus, Qozog‘iston hamda Moldova fuqarolariga pasport berish soddalashtirilishi – Putin Rossiyasiga maftun kishilarni jalb etish va shu orqali saylov natijalariga ta’sir etishga urinishdir”, deydi u Ozodlik bilan suhbatda.

Putin imzolagan Qozog‘iston, Moldova hamda Belarus fuqarolarining Rossiya pasportini olishini soddalashtirishga doir hujjat shunday so‘zlar bilan boshlanadi: “Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida, xalqaro huquqning umum tan olingan prinsiplari va normalariga tayanib, RF federal qonuniga muvofiq qaror qildim...”

Anastasiya Reshetnyak ushbu jumlalarni Rossiya hukumati uchun hujjatning eng muhim qismi, deb hisoblaydi.

“Rossiya populistlari tomonidan bu so‘zlar nomlari keltirilgan mamlakatlarda inson huquqlari, ayniqsa rusiyzabon aholi huquqlari buzilayotgani haqida yana bir karra jar solish maqsadida qo‘llansa ajab emas”, deydi u.

Rossiyadagi migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi o‘zbekistonlik Valentina Chupik fikricha, Rossiya chegaradosh mamlakatlarni “sekin-asta okkupatsiya qilishni ko‘zlagan”.

“Bu “azaliy rus yerlari”ni Abxaziya ssenariysi bo‘yicha sekin-asta, o‘rmalab kelib bosib olish uchun qilinayotgandek, nazarimda. Qonunchilikka kiritilgan mazkur o‘zgartishdan juda kam qozog‘istonliklar foydalanadi, ammo bu yosh erkaklarni to‘p yemi qilish manbai emas”, deydi huquq faoli.

Shunga o‘xshash fikr bildirgan qozog‘istonlik siyosatshunos Dosim Satpayev Kreml qarorini “mamlakat ichidagi beshinchi kolonnani dastaklash” deb tushunadi.

“Markaziy Osiyo, xususan Qozog‘istonda shunaqa fikr-xayoldagi odamlar salmog‘i kattagina. Eng avvalo, Rossiya bilan chegaradosh hududlarda yashovchilar haqida gap bormoqda. Ya’ni, bu geografik omil. Qozog‘istonda Putin tarafdorlari, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlovchilar oz emas”, deydi ekspert.

Satpayevga ko‘ra, Rossiyaning ushbu siyosati Qozog‘iston milliy manfaatlariga ters.

“Bu Rossiya tarafidan maxsus xizmatlar orqali olib borilayotgan juda katta, tizimli va puxta o‘ylangan ish. Unga nihoyatda hushyorlik bilan qarash kerak. Bunaqa siyosat Qozog‘iston milliy manfaatlariga zidligini tushunish lozim”, ogohlikka chorlaydi Satpayev.

Rossiya 1990-yillar oxirlaridan, Gruziyadan deyarli ajralib chiqqan Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisiga pasport bera boshlagan edi. 2008-yil avgustda Janubiy Osetiyada aholining kamida 97 foizini Rossiya fuqarolari tashkil qilgan. 8-avgust kuni o‘sha paytdagi Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev “qayerda bo‘lishidan qat’i nazar Rossiya fuqarolarining hayoti va sha’nini muhofaza qilish” bahonasida Janubiy Osetiyaga qo‘shin kiritgan. O‘sha yili Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan. Kreml Ukrainaning okkupatsiya qilingan janubiy hududlarida yashovchilarga ham yoppasiga fuqarolik bermoqda.

Fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda Rossiya pasportini olish huquqi berilgan mamlakatlar orasida Moldova ham borki, uning Dnestrbo‘yi regioni 30 yildan beri o‘zini mustaqil deb hisoblaydi. Rossiya “region aholisini rus olamiga integratsiya qilish”, “rusiyzabonlar huquqlarini himoya qilish” masalalarini tez-tez ko‘taradi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Dnestrbo‘yi aholisining qariyb yarmi – Rossiya fuqarolaridir. Rossiyaning qarori Dnestrbo‘yi ustidan nazorat o‘rnatishga intilayotgan Moldovaga jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.

XS
SM
MD
LG