Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:13

Blatter FIFAda islohotlar o‘tkazishni va‘da qildi


Xalqaro futbol federatsiyasi prezidentligiga qayta saylangan Zepp Blatter tashkilotda islohotlar o‘tkazib, FIFA obro‘sini ko‘tarishni va‘da qildi.

- Men bu kemaning kapitaniman va uni to‘g‘ri yo‘nalishga solish meni vazifamdir, - dedi FIFA rahbari.

75 yoshli shvyeysariyalik Blatter futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziladigan mamlakatni saylash jarayoniga o‘zgartirish kiritishga va‘da berdi.

Uning fikricha, bundan keyin jahon chempionati joyini FIFAning 24 a‘zodan iborat ijroiya qo‘mitasi emas, Jahon futbol federatsiyasi assotsiatsiyasi kongressiga yig‘ilgan 208 mamlakat vakili tanlashi kerak.

Xalqaro futbol federatsiyasiga prezident saylash jarayonini kechiktirish borasidagi chaqiriqlarga qaramay, Blatter FIFA kongressida umumiy 203 ovozdan 186 tasini qozondi.

Syurixda FIFA rahbarini saylash arafasida Angliya Futbol federatsiyasi FIFAga prezident saylash jarayonini kechiktirish haqida bayonot bilan chiqqan edi.
XS
SM
MD
LG