Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 21:43

Blinken: AQSH Gruziyada moliyaviy yordamni to‘xtatadi


Xorijiy ta’sir to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishiga qarshi Tbilisida o‘tgan mitingdan lavha, 2024-yil apreli
Xorijiy ta’sir to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishiga qarshi Tbilisida o‘tgan mitingdan lavha, 2024-yil apreli

AQSH Gruziyaga moliyaviy yordamni to‘xtatadi, mamlakatni o‘zi uchun mo‘ljallangan 95 million dollarlik transhni olmaydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Singapurda bo‘lib o‘tgan konferensiyada bildirdi.

Vashington bilan Tbilisi o‘rtasidagi aloqalar sovib ketishiga Gruziya parlamenti tomonidan shu yil may oyida qabul qilingan “xorijiy ta’sir shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun sabab bo‘lgan. Yevropadagi ko‘plab rasmiylar hamda Gruziya muxolifatchilari kabi AQSH vakillari ham bu qonun demokratiya tamoyillariga zid va undan siyosiy qatag‘onlar vositasi o‘laroq foydalaniladi, deb hisoblashadi. Mazkur qonun Rossiyada amalda bo‘lgan “xorijiy agentlar”ga oid qonun bilan tenglashtirilmoqda.

Blinken Gruziya hukumatini Yevropa Ittifoqi va NATO me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan “aksildemokratik xatti-harakatlar va yolg‘on bayonotlar”da ham ayblagan. Gruziya YIga ham, NATOga ham a’zo emas, biroq ularga a’zo bo‘lishga urinmoqda.

Avvalroq AQSH Gruziya bilan aloqalarni qayta ko‘rib chiqishi hamda demokratik tamoyillar buzilishiga aloqador ko‘rilgan gruziyalik siyosatchilar va ularning oila a’zolariga qarshi sanksiyalar joriy qilishini e’lon qilgan.

Gruziyada xorijiy ta’sir to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin Yevropa Ittifoqi uning muhtamal integratsiyasi jarayonini to‘xtatib, Tbilisiga 30 million yevro miqdoridagi harbiy yordamni muzlatib qo‘ygan.

“Gruziya orzusi” hukmron partiyasi bunga javoban AQSH gruziyalik rasmiylarni shantaj qilish va mamlakat mustaqilligini cheklash uchun ularga bosim pishanglarini ishga solayotganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG