Линклар

Шошилинч хабар
08 октябр 2024, Тошкент вақти: 03:40

"Bo‘shab qolgan g‘azna". O‘zbekiston byudjet defitsitini yopish uchun ko‘proq oltin sotmoqda


O‘zbekiston oltini.
O‘zbekiston oltini.

Butunjahon Oltin Kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida O‘zbekiston 11 tonna oltin sotib, dunyoda birinchi o‘rinni egalladi, faqat 10 tonna oltin sotgan Tailand unga yaqin kelishi mumkin.

Dunyoning aksariyat markaziy banklari qimmatbaho metallarni jamg‘arishga harakat qilmoqda, biroq O‘zbekiston buni ancha avval boshlagan edi.

Ko‘plab iqtisodiy muammolarni hisobga olsak, O‘zbekistonning oltin sotish strategiyasida mantiq bor.

“Bizda savdo kamomadi, byudjet taqchilligi bor. Eksportning boshqa turlari biz xohlagan darajada bo‘lmasligi mumkin. Geosiyosiy beqarorlik sharoitida [oltin] narxi yuqori qolar ekan, hozir oltin sotish uchun eng yomon vaqt”, deydi mustaqil toshkentlik iqtisodchi Yuliy Yusupov Ozodlik radiosiga.

Biroq, tahlilchilar fikricha, oltin savdosiga o‘sib borayotgan qaramlik, so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarishlarga qaramay, hali ham chuqur botqoqda bo‘lgan iqtisodiyotdagi davomli muammolarni ko‘rsatmoqda.

Ўзбекистон олтин сотишда дунёда яна етакчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:47 0:00

Kamroq ko‘proqdir

Sobiq Ittifoq davrida oltin qazib olish bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turgan O‘zbekistonda oltin konchiligi davlat nazoratida bo‘lib kelgan va mamlakat iqtisodiyoti tayanchidir.

Ammo ikkinchi prezident Shavkat Mirziyoyev davrida mamlakatning xalqaro zaxiralaridagi oltin ulushi sezilarli darajada oshdi, ya’ni Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda Mirziyoyev hokimiyatga kelganida bu 50 foizdan kam edi, hozir deyarli uchdan ikki qismga yetgan.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bekzod Hamroyev 2022-yil noyabr oyida Bloomberg agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘lgan paytdagi mamlakat strategiyasini ta’riflar ekan, “biz uchun ikkita omil bor: joriy narx va kelajakdagi narx”, dedi.

“Narx oshyaptimi yoki eng yuqori cho‘qqiga chiqib, tushyaptimi? Bu biz istagan daqiqa. Agar narx ko‘tarilsa, sotishga shoshmaganimiz ma’qul."

Oltin narxi sezilarli – 1-yanvardan beri 13 foizdan ko‘proq oshdi.

Bu holat o‘tgan oyda O‘zbekistonning «Gazeta.uz» nashri ta’kidlagan vaziyatga olib keldi, bunda oltin sotilishiga qaramay Markaziy bankning oltin zaxiralari qiymati mart oyida aslida 6 foizdan ko‘proqqa oshgan. Vaholanki, sotuv natijasida zahira 10,9 tonnaga kamayib, 357,7 tonnani tashkil etdi, bu deyarli ikki yil ichida eng past ko‘rsatkichdir.

1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning valyuta zaxiralari 34,2 milliard dollarni tashkil etdi, shundan 26,5 milliard dollarga yaqini oltindir.

Bundan tashqari, oltinning yuqori bahosi 2019-yilgi yevroobligatsiyalar bo‘yicha qarzni to‘lash bo‘yicha 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ yukini ham yumshatdi.

Ўзбек сўми: 30 йилда қарийб икки минг баробар қадрсизланган валюта
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:47 0:00

Ammo AQSHda yashovchi va iqtisodiy masalalarni muntazam sharhlab turadigan O‘zbekistonning sobiq rasmiysi Smail Ospanovning aytishicha, bu hukumatga byudjetdagi tartibsizlik va cheklangan iqtisodiy islohotlar va innovatsiyalar bilan davom etaverishiga imkon beradi.

“Hukumat oltin sotish orqali bo‘sh g‘aznasini to‘ldirishga harakat qilayotganining o‘zi mamlakat iqtisodiyotining og‘ir ahvolidan dalolat beradi”, dedi u Ozodlik radiosining o‘zbek xizmatiga.

“Hozir qarasangiz, O‘zbekiston asosan oltin eksport qilmoqda. Hukumat so‘nggi o‘n yil ichida o‘z iqtisodiyotini diversifikatsiya qila olmadi.

Oltin zaxirada turishi kerak bo‘lgan narsadir”.

2023-yilda O‘zbekistonning savdo kamomadi misli ko‘rilmagan 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Eksport 24 foizga oshgan bo‘lsada, o‘sishning katta qismi rekord darajadagi oltin sotilishi hisobiga edi, bu 8 milliard dollardan oshib ketdi va eksport qilingan umumiy mahsulotlarning uchdan bir qismini tashkil etdi.

Давлат сирига айланган табиий газ импорти.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:21 0:00

Assalom, qarz!

2016-yilda hokimiyatga kelganidan so‘ng Mirziyoyev boshqaruvining ilk yillari yirik iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda, biroz siyosiy iliqlik bilan ham kechdi.

Garchi yangi rahbar avtokrat Karimov davrida bosh vazir bo‘lib ishlagan bo‘lsa-da, u tez orada valyuta qonunchiligini liberallashtirishni boshladi, milliardlab dollar keltirgan xorijiy sarmoya kampaniyasida esa tashqi qarz sezilarli oshdi.

Karimovning chorak asrlik boshqaruvining so‘nggi yillarida davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 10-15 foiz oralig‘ida edi. O‘zbekistonning xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlari hozirgi kunda YIMning uchdan bir qismidan ko‘prog‘iga teng bo‘lib, birgina so‘nggi besh yil ichida qariyb ikki baravar ko‘paygan.

Fevral oyidagi reytinglar bo‘yicha sharhida Fitch reyting agentligi O‘zbekistonning prognozini BB-«barqaror» darajasida tasdiqladi, shu bilan birga “bitta tovarga qaramlik” va “jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotning pastligi, davlatning iqtisodiyotdagi raqobatga dosh bera olmaydigan va katta, ammo kamayib borayotgan ulushi, boshqaruvning yaxshilanayotgan ammo hamon zaif holati” haqida ogohlantirdi.

Mahalliy tog‘-kon korxonalaridan muntazam ravishda o‘zbek valyutasida sotib olingan va keyinchalik xalqaro bozorlarda dollarga sotiladigan oltinning muntazam xarid qilinishi ham milliy valyutaga bosimni yumshatishda qo‘l kelmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri so‘m qariyb 15 foizga, xususan, sanksiyalar ostidagi Moskva bilan mustahkam iqtisodiy aloqalarga ega Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qo‘shni davlatlarning valyutalaridan ham ko‘proq qadrsizlandi.

Yaqin Sharqdagi urush va umumiy geosiyosiy taranglik yaqin kelajakda oltin narxini yuqori ushlab turishi mumkin bo‘lgan omillardandir.

Biroq, ko‘plab tahlilchilar uchun asosiy muammo oltin savdosi emas, aksincha, davlat xarajatlari o‘sishini qoplash uchun muqobil daromad manbalari yo‘qligidir.

Mart oyida O‘zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligi mamlakat konsolidatsiyalangan budjetida yillik kamomad 5 milliard dollar yoki YIMning 5,5 foizdan ortig‘iga teng bo‘lganini ma’lum qilgandi. Hukumat va XVF tan olinganidek, bu yuqori inflyatsiyaga olib keladigan yana bir nomaqbul ko‘rsatgichdir.

Сўров: Нарх-наво сизга қандай таъсир қилмоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:56 0:00

XVFning mamlakat bo‘yicha prognozlariga ko‘ra, iste’mol narxlari inflyatsiyasi joriy yilda 11,5 foizni tashkil etadi, bu o‘tgan yil oxiridagi 8,8 foizdan yuqori va 2024-yilda o‘sish sur’ati 5,4 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Mirziyoyev davrida keskin oshgan noresurs eksportlaridan biri bu turizm bo‘lib, rasmiylar o‘nlab mamlakatlar fuqarolari uchun vizalar bekor qilinganidan keyin uni iqtisodiyotdagi ulushi 2025-yilga borib YIMning kamida 5 foiziga yetishiga umid qilgan.

Ushbu maqsadlar 2018-yilda e’lon qilingandi.

Biroq, pandemiya rejalarga putur yetkazdi va bu sektor hozirda o‘ylangan darajaga yaqin ham kelmaydi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda mamlakatga 6,6 million xorijiy sayyoh kelgan, bu 2022-yilga nisbatan 26 foizga ko‘p bo‘lsa-da, 2019-yildagi 6,75 milliondan biroz pastroqdir.

XS
SM
MD
LG