Линклар

Шошилинч хабар
12 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:10

Bosh vazir Aripov Kobulda toliblar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining "Tolibon" vakillari bilan uchrashuvidan lavha, Kobul, 2024-yil 17-avgusti (bosh vazir matbuot xizmati fotosi)
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining "Tolibon" vakillari bilan uchrashuvidan lavha, Kobul, 2024-yil 17-avgusti (bosh vazir matbuot xizmati fotosi)

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 17-avgust kuni hukumat delegatsiyasi hamrohligida Afg‘onistonga safar qilgan.

Bosh vazir matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan ma’lumotga muvofiq, Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Kobul shahrida “Tolibon” harakati tuzgan hukumatda bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, bosh vazirning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy, bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgan.

Xabarnomada mazkur uchrashuvlarda O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirish hamda transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, hududlararo munosabatlarlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, o‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun ishga solinmagan resurslarni o‘zaro manfaatli asosda amaliyotga izchil tatbiq etish lozimligi alohida ta’kidlandi”, deyilgan hukumat xabarnomasida.

Garchi 2021-yil avgustida “Tolibon” harakati Kobulda hokimiyatni egallab olganidan keyin Afg‘onistonga o‘zbekistonlik bir necha vazir va mulozim tashrif buyurgan bo‘lsa-da, o‘tgan uch yil ichida bu mamlakatda O‘zbekiston hech qachon bosh vazir darajasida tamsil etilmagan edi.

Rasmiy Toshkent dunyoning ko‘plab mamlakatlarida terror tashkiloti deb tan olingan “Tolibon” harakati Afg‘onistonda iqtidorga kelishi bilanoq toliblar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish lozimligini urg‘ulab keladi. Rasmiy Toshkent 2021-yil sentyabridan beri toliblarga bir necha marta gumanitar yordam yo‘llagan, “Tolibon” harakati vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazgan hamda birgalikda qator loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG