Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2025, Тошкент вақти: 06:40

Bosniya va Gersegovinadagi otishmada uch kishi nobud bo‘ldi


Bosniya va Gersegovina shimoliy-g‘arbidagi Sanski-Most shahrida 21-avgust kuni maktab xizmatchisi o‘z hamkasblarini o‘qqa tutgani natijasida uch kishi halok bo‘lgan. Hodisa ortidan hujumchi o‘zini ham o‘ldirishga uringan, biroq tirik qolgan. Politsiya uni og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazgan.

Politsiya vakilining ma’lum qilishicha, hujumchi avtomatik miltiq bilan qurollangan bo‘lgan. Hodisa chog‘ida maktab direktori, uning kotibasi va bir o‘qituvchi ayol qurbon bo‘lgan. Ta’til vaqti bo‘lgani tufayli maktabda bolalar bo‘lmagan.

Politsiya hujumchining shaxsini aniqlagan: u maktabda farrosh bo‘lib ishlagan. N1 telekanali maktab xizmatchilari so‘zlariga tayangan holda farrosh bilan rahbariyat o‘rtasida ziddiyat bo‘lgani haqida xabar qilgan. Bundan tashqari, maktab xizmatchilariga ko‘ra, u 1990-yillardagi fuqarolar urushidan keyin posttravmatik asabiylikdan aziyat chekib kelgan.

Associated Press agentligi qaydicha, o‘tgan asrning 90-yillarida Bolqon mintaqasida kuzatilgan fuqarolar urushidan keyin odamlar qo‘lida katta miqdorda qaydga olinmagan turli xil o‘qotar qurollar qolgan. BMT tomonidan 2010-yilda o‘tkazilgan tadqiqotga muvofiq, o‘sha paytda birgina Bosniya va Gersegovinada 750 mingga yaqin noqonuniy o‘qotar qurol bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG