Линклар

Шошилинч хабар
10 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:50

Boysundagi brifing: Vazirlar savollarga javob bermadi


Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koni. 1-sentyabr, 2024
Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koni. 1-sentyabr, 2024

18-sentyabr kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev ishtirokida Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konida ro‘y bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing tashkil etildi.

OAV vakillari bilan uchrashuv avariya ro‘y bergan konning o‘zida o‘tkazilgan.

Mas’ullarga ko‘ra, 17-sentyabr kuni “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yana oltingugurt gazi chiqa boshlagan va buning oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisaning takrorlangani “konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari” bilan izohlangan.

Kun.uz” nashri xabariga ko‘ra, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov brifingda konning texnik tavsifi va uni o‘zlashtirish naqadar murakkabligi haqidagi bir necha sahifali ma’lumotnomani o‘qib eshittirgan. Ammo hukumat mulozimlari jurnalistlarning avariyaga doir savollarini ochiq qoldirgan.

17-sentyabr kuni ro‘y bergan avariya Boysundagi gaz konida so‘nggi haftalarda kuzatilayotgan navbatdagi favqulodda vaziyatdir.
Avval xabar berganimizdek, Boysun tumanidagi M-25 gaz koniga qarashli 604-son qudug‘ida 1-sentyabr kuni soat 15:17 da portlash sodir bo‘lgan vodorod sulfid gazi, ya’ni oltingugurt chiqishi kuzatilgan.
Buning ortidan kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

FVV o‘shanda fuqarolar orasida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagani, vaziyat to‘liq nazorat ostida ekaniga ishontirgandi.

Ammo o‘shanda ham ijtimoiy tarmoqlarda Enter Engineering shirkatining to‘rt nafar ishchisi hodisa joyida halok bo‘lgani haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalgandi.

Ilk avariyadan ikki hafta o‘tib, 15-sentyabr kuni Eriell kompaniyasi matbuot xizmati mahalliy matbuotga vodorod sulfid sizib chiqqan quduqda so‘ndirish jarayoni yakunlanganini ma’lum qilgandi. Oradan ikki kun o‘tib, konda gaz sizib chiqishi qayta boshlangan.

XS
SM
MD
LG