Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:56

Britaniya TIV rahbari Kemeron Toshkentga keldi


Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifidan avval Dushanbe va Bishkekda bo‘lgan
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifidan avval Dushanbe va Bishkekda bo‘lgan

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron 23-aprel kuni O‘zbekiston poytaxtiga yetib kelgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, hozirda Kemeron O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi binosida o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan muzokara o‘tkazmoqda.

“Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda”, deyilgan xabarda.

Britaniya TIV rahbari O‘zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasining besh davlati va Mo‘g‘ulistonga safari doirasida tashrif buyurgan. Tashrifdan maqsad iqtisodiy taraqqiyot va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqa davlatlari mustaqilligini mustahkamlash yuzasidan muzokara o‘tkazish ekani aytilgan.

O‘zbekistonga tashrifdan avval Britaniya bosh diplomati 22-aprel kuni Dushanbe va Bishkekda bo‘lib, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashgan. Kemeronning ayni paytda qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashish-uchrashmasligi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Bu Britaniya tashqi ishlar vazirining so‘nggi 27 yil ichida Toshkentga ilk safaridir. Kemerondan avval O‘zbekistonga 1997-yil fevralida o‘sha paytda Britaniya TIV rahbari bo‘lgan Malkolm Rifkind tashrif buyurgan edi.

XS
SM
MD
LG