Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:23

O'zbeklar YouTube saytida: "Domla, agar menga pul berishsa, men olaman!"


Uzbekistan - Graphics for "Uzbeks in YouTube" category of "Yosht to'lqin", the Uzbek service's project for youth, 20Jan2011
Uzbekistan - Graphics for "Uzbeks in YouTube" category of "Yosht to'lqin", the Uzbek service's project for youth, 20Jan2011
"Yosh to'lqin" tahririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom ettiradi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.

Bugungi videoni bizga Zafarjon ismli mushtariyimiz yo'lladi. Videoda taniqli Narxoz, ya'ni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Univestitetining studentlari universitet auditoriyalarining birida o'tayotgan imtihon vaqtida yosh o'qituvchiga pul taklif qilib, uning ustidan pul sochib "prikol" qilishmoqda.



Video qachon olinganligi aniq aytilmagan. Lekin video ostida bir hafta oldin qoldirilgan sharhda aytilishicha, bu voqea Narxozda o'tgan yili yuz bergan.

- O‘tgan yili Youtubeda bir necha talabaning imtihon olayotgan o‘qituvchi ustidan dollar sochayotgani videosi paydo bo‘ldi. Universitetdagi manbaga ko‘ra, bugungi kunda o‘sha talabalar o‘qishdan, o‘qituvchi esa ishdan haydalgan. Keyinroq o‘quv yurtlariga "krutoy" talabalar ro‘yxatini tuzish topshirilgan, deyiladi sharhda.

Video ostida qoldirilgan boshga sharhlarda "Ulug'beku Al-Xorazmiylarning avlodlari shumi?", "mana vatanimizda ilmning ahvoli" va "O'zbekiston kelajagi buyuk davlat! Shunaqamidi?" deyiladi.
XS
SM
MD
LG