Линклар

Шошилинч хабар
10 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:22

Durov: Telegram hukumat so‘roviga binoan IP-manzillarni beradi


Telegram asoschisi Pavel Durov.
Telegram asoschisi Pavel Durov.

Telegram shirkati messenjerni qonunga xilof ishlar bilan shug‘ullanish uchun platforma sifatida qo‘llayotgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlarini rasmiy so‘rovga binoan dunyo mamlakatlarining huquq idoralariga taqdim etadi. Bu haqda dushanba kuni Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

Durov Telegram faoliyati bilan bog‘liq ayblovlar, xususan, jinoyatlarni surishtirishda Fransiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun Fransiyada tergov qilinmoqda.

Дуров иши: Ўзбекистонда оммабоп Телеграмга нима бўлади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:07 0:00

Durov yozishicha, Telegram o‘z foydalanish qoidalarini o‘zgartirgan. Shuningdek, so‘nggi haftalarda moderatorlar Telegram qidiruv tizimidan potensial zararli butun kontentni o‘chirib tashlaganlar.

Shu paytgacha Telegram'dan foydalanish qoidalarida faqat terrorizmda gumon qilinayotgan foydalanuvchilarning IP-manzillari va telefon raqamlari ochiqlanishi mumkinligi qayd etilgandi. Endilikda esa messenjer sud idorasi tomonidan foydalanuvchining biron jinoiy faoliyatga doir ish bo‘yicha gumonlanuvchi ekanini tasdiqlovchi orderni olgach, yuridik tahlildan so‘ng ushbu foydalanuvchining IP-manzil va telefon raqamini so‘rov bergan organga taqdim etishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG