Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:28

Dushanbe safari ortidan Mirziyoyev qisqa muddatli ta’tilga chiqdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan.

Bu haqda ma’lumot tarqatgan prezident matbuot xizmati mazkur ta’til necha kun davom etishiga aniqlik kiritgan emas.

Mirziyoyev ta’tildan avval Tojikistonga davlat tashrifini amalga oshirgan. Avvalroq Ozodlik 18-19-aprel kunlari Tojikistonga safar chog‘ida O‘zbekiston prezidenti tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazgani, so‘ngra ikki davlat o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolagani, Tojikiston Parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda va bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashgani, Dushanbedagi O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilishida hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etgani haqida xabar qilgan edi.

Mirziyoyev so‘nggi marta o‘tgan yilning 4-]dekabridan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqani e’lon qilingan. O‘sha paytdagi ta’til prezidentning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevaning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan edi.

O‘zbekistonni 2016-yildan buyon prezident o‘laroq boshqarib kelayotgan Shavkat Mirziyoyev ilk bor 2019-yil avgustida mehnat ta’tili olgani ochiqlangan. Bu Mirziyoyevning 13 yillik bosh vazirlik hamda 3 yillik prezidentligi davridagi rasman birinchi mehnat ta’tili bo‘lgan edi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga binoan, Prezidentga muddati 36 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan ta’til beriladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasida prezident ta’tilda bo‘lganida uning vazifasini kim bajarishi masalasiga aniqlik kiritilgan emas.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 112-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatilishi” qayd etilgan.

XS
SM
MD
LG