Линклар

Шошилинч хабар
24 июл 2024, Тошкент вақти: 18:20

Energetika vazirligi ijtimoiy normani oshirish talabini rad etdi


O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.
O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov.

O‘zbekiston energetika vazirligi jamoatchilikning elektr energiyasi bo‘yicha ijtimoiy norma miqdorini oshirish talabini rad etdi.

“Tahlillarga ko‘ra, joriy yil iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgani aniqlandi. Bundan ko‘rinadiki, iste’molchilarning 71 foizi belgilangan bazaviy me’yor doirasidan chiqmagan. Shu bois yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanayotgan oylik 200 kVt·soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 1,1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilingan. Shundan iste’molchilarning 71 foizi 200 kVtgacha, 11 foizi 201-300 kVtgacha, 20 foizi 301-500 kVtgacha, 21 foizi 500 kVt va undan ko‘p elektr energiyasi iste’mol qilgan.

“Oshib boruvchi tariflar qo‘llanishi natijasida iste’molchilarning elektr energiyasi tejamkorligi oshdi. Buning natijasida tizimga yuklamalar kamayib, aholining elektr energiyasidan uzilishlari va avariyalar soni ham kamayib bormoqda”, deb hisoblaydi vazirlik.

OzodNazar: Истеъмолчилар “Ижтимоий меъёр” қайта кўриб чиқилишини талаб қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:51:52 0:00

O‘zbekistonda joriy yil 1-maydan boshlab elektr energiyasi uchun limit, ya’ni bir oylik iste’molning bazaviy me’yorlari joriy qilindi. Unga ko‘ra oyiga 200 kVt/soatgacha ijtimoiy norma belgilandi. Ijtimoiy norma doirasida elektr sarflagan xonadonlar nisbatan past narxda (450 so‘m) to‘lov qiladi. 201 kVt/soatdan ziyod iste’mol uchun esa yuqori tariflar belgilangan.

So‘nggi haftalarda iste’molchilar hamda tarmoq faollari belgilangan ijtimoiy norma yetmayotganini ta’kidlab, limit tizimini bekor qilish yoki norma miqdorini oshirishni talab qilayotgan edi.

XS
SM
MD
LG