Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:39

Eron namoyishlar ichida: Qurbonlar soni oshmoqda


Tehrondagi noroziliklar 25-sentabr kuni, Mahsa Aminiy hibsda o‘ldirilgani haqidagi xabarlar ortidan boshlanib ketgan.
Tehrondagi noroziliklar 25-sentabr kuni, Mahsa Aminiy hibsda o‘ldirilgani haqidagi xabarlar ortidan boshlanib ketgan.

Rasmiy ogohlantirishlarga qaramay, Eronda hukumatga qarshi namoyishlar tinmayapti. Namoyishlarga 22 yoshli Mahsa Aminiyning axloq politsiyasi tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani haqidagi xabar sabab bo‘lgan.

Mahsa Aminiyning o‘limi nafaqat mamlakat ichida, balki butun dunyo bo‘ylab Eron elchixonalari oldida norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Fransiya politsiyasi Parijdagi Eron elchixonasi oldida to‘plangan namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz ishlatdi.

25-sentabr kuni kechki payt Tehron universitetiga to‘plangan talabalar “Ozodlik, Erkinlik, Erkinlik!”, "Biz jang qilamiz, o‘lamiz, Eronni qaytarib olamiz!" shiorlarini aytib hayqirishgan.

Ular, shuningdek, qamoqqa olingan talabalarni ozod qilishni talab qilganlar.

Norozilik namoyishlari tafsilotlari yetarli emas. Eron hukumati tartibsizliklar avj olgan hududlarda internet va aloqani uzib qo‘ygan.

Eron Oliy sudi boshlig‘i norozilik namoyishlarini bostirishda "qattiqqo‘llik" bilan harakat qilinishini aytgan.

Bir kun avval prezident Ibrohim Raisiy “mamlakat xavfsizligi va osoyishtaligiga qarshi bo‘lganlarga qat’iy munosabatda bo‘lish” kerakligi haqida ogohlantirgandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklarda hozirgacha 41 kishi halok bo‘lgan, biroq huquq guruhlari va boshqa kuzatuvchilar norozilik namoyishlari kamida 80 ta shahar va aholi punktlarini qamrab olganligi sababli bu raqam yanada ko‘proq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Eronning tazyiqlarini “oqlab bo‘lmaydigan” va “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi.

Tehron rasmiylari xorijiy hukumatlar va boshqa tashqi unsurlarni noroziliklarni qo‘zg‘atganlikda aybladi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi 25-sentabr kuni Britaniya va Norvegiya elchilari tartibsizliklar bilan bog‘liq harakatlar va izohlar yuzasidan chaqirtirilganini ma’lum qildi.

Aytilishicha, Britaniya elchisi Londonning eronliklar o‘rtasida “g‘alayonlarga da’vat qilganligi” masalasida chaqirilgan.

Norvegiya elchisi esa Norvegiya parlamentining Tehronda tug‘ilgan spikeri Masud G‘araxoniyning "nokonstruktiv izohlari" uchun chaqirtirilgan.

Eron axloq politsiyasi tomonidan ro‘molini yechganlik aybi bilan hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminiy 16-sentabr kuni komaga tushganidan so‘ng vafot etdi. Uning o‘limi butun Eron bo‘ylab norozilik namoyishlari va tartibsizliklarga sabab bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy Aminiyning o‘limi bo‘yicha "yakuniy tibbiy ekspertiza xulosasini kutishimiz kerak, bu vaqt talab etadi" dedi.

Norozi namoyishchilarning aksari o‘nlab yillar davomida jamoat joylarida ro‘mol yoki hijob o‘rashni talab qiluvchi kiyinish qoidalaridan hafsalasi pir bo‘lgan ayollardir.

NetBlocks veb-monitoringgiga ko‘ra, avvalgi Facebook, Twitter, TikTok va Telegram’ ga taqiqlardan so‘ng WhatsApp, Instagram va Skype ham bloklangan. Internetga kirish cheklangan.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti "Eron xavfsizlik kuchlarining namoyishchilarga qarshi ataylab, noqonuniy o‘q uzganligi"ni bildirdi. Tashkilot Eron xavfsizlik kuchlarini 21- sentabr kuni kechasi uch bola va yana 16 kishi halok bo‘lgan otishmalarda ayblagan.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti xalqaro hamjamiyatni namoyishchilarga bosimni to‘xtatishga majbur qilish uchun "ma’nili choralar" ko‘rishga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish 22-sentabr kuni Nyu Yorkda prezident Raisi bilan uchrashgan va “tinch namoyishlarga qarshi kuch ishlatilayotgani, o‘nlab odamlarning o‘limi va jarohatlangani haqidagi xabarlardan” xavotir bildirgan.

Antoniu Guterrish zo‘ravonliklar avj olib ketmasligi uchun Eronni "keraksiz choralardandan tiyilishga va vazminlikka" chaqirgan.

XS
SM
MD
LG