Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:53

Eurasianet: O‘zbek rasmiylari Ozodlik surishtiruvini yo‘qqa chiqarish uchun sadoqatli blogerlarni yolladi


Davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadigan o‘zbek OAVlari Ozodlik surishtiruvini e’tiborsiz qoldirgan.
Davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadigan o‘zbek OAVlari Ozodlik surishtiruvini e’tiborsiz qoldirgan.

“Eurasianet” nashrining yozishicha, O‘zbekistonda OAV Ozodlik radiosining mamlakatdagi shubhali neft va gaz bitimlari haqidagi surishtiruvini e’tiborsiz qoldirgan.

"O‘tgan hafta O‘zbekistonda Ozodlik radiosining mahalliy va rossiyalik yirik korchalonlardan iborat guruh neft va gaz sanoatining katta qismini o‘z nazoratiga qanday olgani haqidagi surishtiruvi shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ozodlik videosi 9-fevral kuni YouTube’ga yuklanganidan buyon u deyarli 700 ming marta ko‘rilgan va 7 mingdan ortiq fikr bildirilgan", deb yozadi Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan ingliz tilidagi mustaqil nashr.

Biroq “Eurasianet”ga ko‘ra, mahalliy ommaviy axborot vositalari Ozodlik surishtiruvini mutlaqo e’tiborsiz qoldirgan.

"Bir necha kun davomida na davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalari, na ularning xususiy sektordagi hamkasblari muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bu mojaro haqida tayinli izoh bermadi.

OzodNazar: Озодлик суриштируви ортидан икки вазир 8 журналист билан нималарни гаплашди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:47:12 0:00

Xalq orasida bloger nomi bilan tanilgan taniqli fuqaro jurnalistlar ham jim turdi. O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi muloqot qilish va yangilik olish uchun foydalanadigan messenjer ilovasi – Telegram’dagi ko‘p o‘qiladigan kanallarda ham Ozodlik surishtiruvi haqida umuman sukut saqlandi", deyiladi maqolada.

Nashrga ko‘ra, bu g‘alati vaziyat hukumat so‘nggi yillarda o‘zini ham siyosiy, ham iqtisodiy islohot tarafdori sifatida ko‘rsatishga urinayotgan O‘zbekistonda o‘z-o‘zini tsenzura qishish qanchalik keng tarqalganini ko‘rsatadi. Maqolada aytilishicha, yaqinda Human.uz nashri xodimlarining shov-shuvli hibsga olinishi chegarani buzadiganlarni nima kutishini ko‘rsatib qo‘ygan.

"O‘zbekistondagi jurnalistlar va blogerlar repressiyalardan qo‘rqib, odatda hukumat ko‘rsatgan yo‘ldan yurishni afzal ko‘radi", deb aytgan toshkentlik jurnalist Sardor Salim Eurasianet’ga. "Ayrim mavzularni tilga olishning o‘zi ular uchun jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim ommaviy axborot vositalari va bloglar ham manfaatdor guruhlar tomonidan nazorat qilinadi".

Ammo Eurasianet’ga ko‘ra, mahalliy OAVning Ozodlik xabarlariga havola bermasligi borasida aniq pretsedentlar mavjud. " Ozodlik 2021-yilda davlat kompaniyalari soliq to‘lovchilar hisobidan poytaxt Toshkentning janubi-sharqidagi tog‘li Shovvozsoy bo‘yida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy foydalanishi uchun ulkan hashamatli dam olish maskani qanday qurgani haqida shov-shuvli surishtiruvni e’lon qilgan edi. Bu kabi xabarlar ham mahalliy ommaviy axborot vositalarida shunchaki o‘z-o‘zini senzura qilish bilan kutib olindi.

Rasmiylar bir necha kun kech bo‘lsa‑da, bu safar faol pozitsiyani egallashga harakat qilishdi.

Ommaviy bahslardan so‘ng Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 12-fevral kuni maxsus saralab olingan jurnalistlar va blogerlar guruhi bilan uchrashdi. Uchrashuvda vazir Ozodlik xabaridagi ayrim da’volarni rad etgan, jumladan, hukumat mamlakatdagi barcha neft va gaz konlari nazoratini 35 yil muddatga Rossiya prezidenti Vladimir Putinga aloqador bo‘lgan oligarxlarga tegishli rus kompaniyalariga bergani haqidagi da’volarni ham.

"Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu mutlaqo asossiz, yolg‘on va noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlar. Hozirda o‘zlashtirilayotgan konlarning aksariyati [davlat neft-gaz kompaniyasi] "O‘zbekneftgaz"ga tegishli", deya Mirzamahmudovning yopiq brifingida aytgan so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr.

"Vazirning aytishicha, O‘zbekistondagi 294 ta neft va gaz konlaridan 188 tasi "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tasarrufida. Uning aytishicha, 35 yillik shartnoma faqat bitta, hozirda o‘zlashtirilmagan M25 gaz koni bilan bog‘liq.

Biroq Mirzamahmudovning so‘zlari chalg‘itishga mo‘ljallangandek tuyuldi – itoatkor bloger va jurnalistlar ham bu chalg‘itishga ko‘ngan va butun e’tibor Ozodlik xabaridagi birgina tafsilotga qaratilgan.

Vaholanki, Ozoodlik surishtiruvidagi muhim qism bu emas, balki O‘zbekiston hukumati Prezident Mirziyoyevning bevosita ko‘rsatmasi asosida Kipr, Singapur, Xitoy va Buyuk Britaniya kabi davlatlarda joylashgan nomi oshkor etilmagan ofshor kompaniyalarga neftь va gaz konlarini o‘zlashtirish va qazib olish huquqini o‘zboshimchalik bilan bergani edi. Bu noma’lum kompaniyalarning aksariyati prezident Putinning ittifoqchilari nazorati ostidagi tashkilotlar va ba’zi hollarda O‘zbekiston xavfsizlik xizmatining sobiq yuqori martabali amaldorlarining qarindoshlari bilan bog‘liq edi. Surishtiruv mualliflari fikricha, siyosiy xavf tug‘dirishdan tashqari, bu holat neft va gaz sanoati ustidan nazorat zaiflashishiga olib kelgan, bu esa o‘z navbatida moliyaviy isrofgarchilik va surunkali samarasizlikka sabab bo‘lgan va bu O‘zbekistonni so‘nggi sovuqda inqiroz yoqasiga olib kelgan.

Rasmiylar bilan gaplashish imkoniga ega bo‘lgan blogerlar va jurnalistlar bu jihatlarga qaragani ham yo‘q", deya maqolasini yakunlaydi Eurasianet nashri.

XS
SM
MD
LG