Линклар

Шошилинч хабар
28 апрел 2025, Тошкент вақти: 18:15

Farg‘onalik taniqli polvon Tursunali Mamajonov vafot etdi


Tursunali polvon Mamajonov
Tursunali polvon Mamajonov

“Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari Tursunali Mamajonov 28-iyul kuni 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xalq orasida Tursunali polvon nomi bilan tanilgan marhumning dafn marosimi yakshanba kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan “Vodil” qishlog‘ida o‘tkazilgan.

1949-yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, umrining ko‘p yillarini O‘zbekistonning turli joylarida (asosan Shohimardonda) polvonlik va dorbozlik tomoshalarini ko‘rsatish bilan o‘tkazgan Tursunali polvonning Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘i tashabbuskori hamda faxriy ekolog bo‘lgani aytiladi.

O‘tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida muxolifatdagi “Birlik” harakati va “Erk” partiyasining faol a’zosi bo‘lgan Tursunali Mamajonovga avvalgi prezident Islom Karimov davrida uzoq yillar davomida “o‘gay”larcha munosabatda bo‘lingan.

Keyingi yillarda rasmiylar bilan munosabati tuzalgan Tursunali Mamajonov 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

XS
SM
MD
LG