Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 15:49

Fermerlar: “30 dolzarb kun” muammoni hal qilmaydi”


Ozodlikka shikoyat qilgan fermerlar paxtazorlar suvsizlikdan qovjirab borayotganidan shikoyat qilmoqda.
Ozodlikka shikoyat qilgan fermerlar paxtazorlar suvsizlikdan qovjirab borayotganidan shikoyat qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani xabar qilindi.

Prezident sayti va boshqa rasmiy kanallarda bu yig‘ilish haqida batafsil axborot berilmadi.

Yig‘ilishdan xabari bor Ozodlik manbasining aytishicha, O‘zbekistonda anomal issiq havo kuzatilgani bois prezident hokim va klasterlarni paxta hosildorligini boy bermaslikka va fermerlarga barcha sharoitlarni yaratib berishga chaqirgan.

Ozodlikka kelayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bir qancha fermerlar paxtasiga suv yetkazib berolmagani bois, g‘o‘zalar rivojlanishdan to‘xtagan va bor ko‘saklar ochilib ketmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning paxtachilikdagi qanday dolzarb vazifalarni muhokama qilgani jamoatchilik e’tiboriga yetkazilmadi.

Bu yig‘ilish boshlangani haqida prezident matbuot kotibi xabar berdiyu, lekin unda qaysi masalalar muhokama qilingani aytilmadi.

Fermer Telegram kanalining yozishicha, prezident g‘o‘zani parvarishlash va hosildorlikni ta’minlash bo‘yicha “dolzarb 30 kunlik” e’lon qilgan.

Sobiq ittifoq davrida paxtachilikda bunday “dolzarb o‘n kunlik, o‘ttiz kunlik”lar e’lon qilinishini esga olar ekan, ismi sir qolishini so‘ragan fermer bu holatni kommunistcha boshqaruvning davomi, dedi:

“Yoshligimizda kompartiyaning mana shunaqa dolzarb kunlar e’lon qilgani esimga tushdi. Go‘yoki bu bilan paxta hosildorligi oshib qolayotgandek. Bunaqa masxarabozlik nimaga kerak. Dehqon uchun har bir kun dolzarb! Bugun paxtachilikdagi asosiy muammo fermerning hali ham mustaqil emasligida. Fermerga 49 yilga yerni ijaraga berdingmi, uning o‘ziga qo‘yib qo‘yish kerak, u nima ekish kerakligini, qaysi ekin foydali bo‘lishini, qaysi ekin kam suv talab qilishini o‘zi juda yaxshi biladi. Fermerga klaster degan xo‘jayin kerak emas. Klaster o‘rtadagi tekinxo‘r tashkilot. U davlat beradigan jamg‘arma pulini olish imtiyoziga ega. 2020-yil 6-martdagi qaror bilan bu imtiyoz fermerlarga va kooperatsiyalarga berilgan edi. O‘tgan yil chiqqan ikkinchi sonli qarorning ilovasida esa o‘sha joyi olib tashlandi. Sizning davlat zaxirasidan yeringiz boru, uni moliyalashtirishga pulingiz yo‘q. Siz qachonki klaster bilan shartnoma qilsangiz, o‘shanda ololasiz, xolos. Klaster o‘rtakash, fermerga esa o‘rtakash kerak emas”.

Fermerning aytishicha, fermerlik faoliyatida qatnashayotgan tomonlarning hammaga teng va xolis xizmat ko‘rsatmayotgani sababli, suv, yonilg‘i va mineral o‘g‘it ta’minotidagi muammolar ham hal bo‘lmayapti:

“O‘tgan yillar davomida kuzatgan bo‘lsangiz, klasterlar fermerlarga yonilg‘i va mineral o‘g‘itni birja narxidan ancha qimmatga sotishdi. Fermer uni olishga majbur, chunki o‘zi sotib olay desa qo‘lida puli yo‘q. Hammasi klasterga bog‘langan. Suv ta’minoti ham adolatsiz, kuchli va hokimlarga yaqin bo‘lgan fermerlar suvni muammosiz oladi, yeri uzoqroq joylashgan yoki “tanka”si yo‘q fermerlar esa ulardan ortib qolsa oladi. Shunga o‘xshagan adolatsizliklar tiqilib yotibdi”.

Қашқадарё вилоят, Чироқчи тумани фермерлари.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:38 0:00

Qashqadaryo viloyat, Chiroqchi tumanidan Ozodlikka yuborilgan videoda, bir guruh fermer paxtalari bir yarim oydan buyon suvsiz qolgani haqida gapiradi:

“Mana, Chiroqchi hududidan Kavich kanalining fermerlarimiz. Paxta birinchi suvning ichganiga 45 kun bo‘ldi. Ikkinchi suvga yetolmay, paxta shona tashlab har bir g‘o‘zada uchta uchta ko‘sak qolib u ham ochilib bo‘lgan”.

Boshqa bir fermer esa paxtaning suv ichmaganiga 47 kun bo‘lganini aytadi:

“Paxta yonib ketdi, bu turishda kreditni ham yopolmaymiz”.

Жиззах вилояти, Зафаробод тумани
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:55 0:00
Бевосита линк

Jizzax viloyat, Zafarobod tumani fermerlarining Telegramdagi Fermer kanaliga qo‘ygan videosida suvning adolatsiz taqsimlangani bayon etilgan:

“Mana “Paxtakor”(Paxtakor tumani fermerlari – tahririyat) nima qilib ketgan. Buzib ketgan, mana qaytadan sozlayapmiz. Paxtalar o‘lyapti”.

Қўшкўпир туманидаги шолизорлар.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:10 0:00

Xorazm viloyat, Qo‘shko‘pir tumanidan bo‘lgan fermer Telegram kanalida suvsiz qaqrab yotgan paxtazorini ko‘rsatar ekan, ayni paytda sholi ekilgan maydonlarni tasvirga oladi.

Fermerning iddaosicha, paxtaga suv yo‘g‘u, lekin sholiga bor.

Ozodlik 29-iyul kuni fermerga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakni ko‘targan fermerning onasini aytishicha, o‘g‘li yoshlik qilib bu videolarni tarmoqqa qo‘ygan va ayni paytda esa uning paxtasiga suv berilgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda klaster tizimi joriy etilganidan so‘ng 350 ga yaqin yirik fabrika ishga tushirilgan. Besh yil avval mamlakatda yetishtirilgan paxta tolasining 40 foizi qayta ishlangan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 100 foizga yetgan.

Ammo fermerlar paxta xarid narxining pastligi, yonilg‘i va mineral o‘g‘itlarning nraxi esa baland ekanligi haqida muntazam shikoyat qilib keladilar.

Ismi sir qolishini so‘ragan fermerlardan biri, Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlisda bu yil bir kilogramm paxtaning xarid narxi o‘n ming so‘m bo‘lishi haqida gapirganini aytadi.

Ammo rasmiy manbalarda bu haqda hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG