Линклар

Шошилинч хабар
14 январ 2025, Тошкент вақти: 18:48

FT: Rossiya Ukrainaga qarshi urushga yuzlab yamanlikni yollagan


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Yamanning yuzlab fuqarosini yollagan. Bu haqda 24-noyabr kuni The Financial Times gazetasi yollanganlarning ayrimlaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda xabar qildi.

Yamanliklarning aytishlaricha, ularga ko‘p pul to‘lanadigan ish va hatto Rossiya fuqaroligi va’da qilingan. Biroq yamanliklar husiylarga aloqador shirkat orqali Rossiyaga kelganlaridan keyin ularni majburan Rossiya Qurolli kuchlari tarkibiga kiritishib, old jabhaga yo‘llashgan.

FT taxminiga ko‘ra, yamanliklarni yollash ishlari joriy yilning iyul oyida boshlangan. Yamanliklarning Ukrainadagi frontda paydo bo‘lishini nashr odam savdosi bo‘yicha yashirin amaliyot natijasi, deb atagan. Maqolada bu holat Moskva bilan Yamandagi Eron dastaklayotgan isyonchi husiylar guruhi o‘rtasidagi aloqalar kuchayib borayotganidan dalolat ekani aytilgan.

Yamanlik yollanmalarning Ukrainaga yo‘llanishi talafotlar ortib borayotgani tufayli urushga tobora ko‘proq chet elliklar jalb qilinayotgani, Kreml esa to‘laqonli harbiy safarbarlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilayotganidan darakdir, deya qayd etilgan The Financial Times materialida. Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonidan urushga jalb qilinayotgan xorijliklar ichiga Hindiston, Nepal fuqarolari hamda Shimoliy Koreya muntazam armiyasining 12 mingga yaqin jangchisi ham kiradi.

Yamanlik fuqarolarning Ukrainaga qarshi urushga yollanayotganiga oid maqolada Moskvaning bunga nisbatan munosabati keltirilgan emas.

XS
SM
MD
LG