Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:03

G‘afur G‘ulom bog‘ining Singapur shirkatiga berilishi norozilik uyg‘otdi


G‘afur G‘ulom bog‘i Toshkenting eng so‘lim va gavjum bog‘laridan biri
G‘afur G‘ulom bog‘i Toshkenting eng so‘lim va gavjum bog‘laridan biri

Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat (oldingi Mirzo Ulug‘bek) bog‘ini buzish va qurilishga hozirlash ishlari boshlangan.

Bog‘ning yangi egasi u yerdagi oshxona va restoran egalarini o‘n kun ichida imoratlarini buzib olib chiqib ketishi, aks xolda "buldozer tushib, hamma yoqni tekislab tashlashi" haqida ogohlantirgan.

Salkam 14 gektar maydonni egallagan G‘afur G‘ulom bog‘i o‘tgan yil yozida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan “BMP Smart Decision Private Limited” shirkatiga berilgan edi.

Ozodlik suhbatlashgan tadbirkorlarning aytishicha¸ G‘afur G‘ulom bog‘ida yillardan beri ishlab kelgan o‘nlab tadbirkor¸ ular qo‘lida ishlayotgan xodimlar ishsizlar safiga qo‘shilish tahdidi ostida qolgan.

G‘afur G‘ulom bog‘ida oshxona ochib, olti yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan Dilrabo Matkarimova bog‘ning boshqa qo‘lga berilishi ortidan o‘zi va o‘nlab tadbirkor biznesi barbod bo‘lish yoqasida qolganini aytadi:

- Mani oshxonam bor. Yillar davomida o‘n minglab dollar sarflaganman. Uch tomonlama shartnoma asosida shahar kadastrida shu oshxona bizni mulkimiz sifatida turibdi. 78 kvadrat maydonga oshxona. Hozir bog‘ni yangi egasi oshxonangni buzib chiqib ket, bo‘lmasa buldozer bilan tekislab tashlayman, deyapti. Meni o‘zimda to‘rtta odam ishsiz qolyapti, - deydi Matkarimova.

G‘afur G‘ulom bog‘ida buzish ishlari boshlangan
G‘afur G‘ulom bog‘ida buzish ishlari boshlangan

1934 - yilda tashkil etilgan bog‘ Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani markazida joylashgan. Dastlab Ernst Telman nomi bilan atalgan bog‘ga 1994 - yilda Mirzo Ulug‘bek nomi berildi. 2018 - yildan esa "G‘afur G‘ulom bog‘i" deb o‘zgartirildi.

G‘afur G‘ulom bog‘ining o‘tgan yil Toshkent shahar hokimligi qarori bilan shaffof bo‘lmagan tarzda Singapurda ro‘yxatga olingan BMP Smart Decision Private Limited shirkatiga 49 yilga 10 million dollarlik sarmoya kiritish sharti bilan berilgani tadbirkorlar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

"G‘afur G‘ulom" bog‘ini yangi investorga berish haqidagi Toshkent shahar hokimining qarori
"G‘afur G‘ulom" bog‘ini yangi investorga berish haqidagi Toshkent shahar hokimining qarori

Bog‘da faoliyat yuritib kelgan tadbirkor iddaosicha¸ Toshkentdagi serdaromad biznes obyektlari va istiqbolli yer hududlari yangi boshqaruvga aloqador shaxslar qo‘liga o‘tmoqda va Milliy bog‘¸ uning ortidan G‘afur G‘ulom bog‘ining “yangi investor”ga berilishi ana shu jarayonning bir ko‘rinishidir.

- Pandemiya payti imi-jimida shu odamga berib yuborishdi. Singapurdagi shirkat, xorijlik investor deyishdi, o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi. Hisobida puli ham yo‘q ekan. Haqiqiy reyderskiy zaxvat bo‘ldi. Kimnidir qiziqishi bor bo‘lsa kerak bu ishda. Shahar hokimiyati shu ishni ustida turibdi. Xorij investori deb turib, berib yuborishdi, hali bir tiyin ham yotqizilgani yo‘q, qaytanga, yillar davomida obod qilgan bog‘imizni vayron qilishdi, - dedi G‘afur G‘ulom bog‘ida faoliyat yurituvchi yana bir tadbirkor.

G‘afur G‘ulom bog‘ida buzish ishlari boshlangan
G‘afur G‘ulom bog‘ida buzish ishlari boshlangan

Suhbatdoshlarga ko‘ra¸ ular bog‘ni noshaffof tarzda yangi investorga berishga qaror qilinganiga norozilik bildirib O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligiga arz qilishgan, ammo, natija bo‘lmagan.

G‘afur G‘ulom bog‘i yangi investorga berilishi ortidan ishsiz qolayotgan 40 dan oshiq tadbirkor va ularning ishchilari Toshkent hokimiga yo‘llagan murojaat
G‘afur G‘ulom bog‘i yangi investorga berilishi ortidan ishsiz qolayotgan 40 dan oshiq tadbirkor va ularning ishchilari Toshkent hokimiga yo‘llagan murojaat

Ozodlik ochiq ma’lumotlar bazasida o‘tkazilgan qidiruv natijasida bor yo‘g‘i ikki nafar xodimiga ega va 700 AQSh dollari miqdorida ustav kapitali bilan ro‘yxatga olingan Singapurdagi BMP Smart Decision Private Limited shirkatining egasi o‘zbek vatandoshi bo‘lgan Sherzod Halimov ismli shaxs ekanini aniqladi.

Shirkatlar reestridan uning 2019 - yil fevralida, bog‘ning unga berilishidan sal oldin ro‘yxatga olinganini ko‘rish mumkin.

Ozodlikning Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan shirkat telefon raqamlariga qilgan qo‘ng‘iroqlari kun davomida javobsiz qoldi – go‘shakni hech kim ko‘tarmadi.

G‘afur G‘ulom bog‘i qanday tender asosida bu shirkatga 49 yilga ijaraga berilgani haqida Ozodlik Toshkent shahar hokimligidan ham izoh ololmadi.

Bundan oldin Toshkent markazidagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘ining «Stargate Systems» xususiy shirkatiga berilishi ijtimoiy tarmoqlarda norozilikka sabab bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG