Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:47

G‘alaba eyforiyasi. Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda


Saylovda qatnashayotgan "muxolif" nomzodlarning hammasi Ilhom Aliyevni qo‘llab-quvvatlashgan.
Saylovda qatnashayotgan "muxolif" nomzodlarning hammasi Ilhom Aliyevni qo‘llab-quvvatlashgan.

Ozarbayjonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Saylovoldi debatlarida tomoshabin kim amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlayotgani-yu, kim muxolifat vakili ekanini bilmadi.

Teledebatlarda prezidentning vakili Tohir Budagov ishtirok etdi. Aliyevga muxolif partiyalar siyosiy poygadan erta chiqib ketdi.

Aliyev 2008-yildagi 89 foizlik rekordini yangilay oladimi yoki yo‘q degan savol joriy saylovda muhokama uchun yagona masala bo‘lib turibdi.

Aslida saylov 2025-yilda o‘tkazilishi kerak edi, biroq Aliyev dekabr boshida saylovlarni fevralda o‘tkazishni taklif qildi. Aliyev garchi saylov qachon bo‘lishidan qat’i nazar hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolishga ishonchi komil bo‘lsa-da, o‘z hokimiyatiga nisbatan zarracha ham shubha paydo bo‘lishini istamadi.

Ozarbayjon Qorabog‘ni Armanistondan qaytarib olganidan beri Aliyevning xalq orasida obro‘si oshdi.

G‘alaba eyforiyasi mamlakatning turg‘un iqtisodiyotidan (yalpi ichki mahsulot 2023-yilning 11 oyida atigi 0,8 foizga o‘sdi) va ijtimoiy muammolardan qancha vaqt chalg‘itishi noma’lum.

Ozarbayjon Qorabog‘ni Armanistondan qaytarib olganidan beri Aliyevning xalq orasida obro‘si oshgan.
Ozarbayjon Qorabog‘ni Armanistondan qaytarib olganidan beri Aliyevning xalq orasida obro‘si oshgan.

Ilhom Aliyev 2003-yilda otasi Haydar Aliyevning vafotidan keyin hokimiyatni qo‘lga oldi va o‘shandan beri Ozarbayjonni temir musht bilan boshqarib kelmoqda.

Aliyev saylov muddatidan oldin o‘tkazilayotganini quyidagicha izohladi: Qorabog‘dagi g‘alabaning yangi saylovlar bilan belgilanishi zarurati; Qorabog‘da ilk bor saylovlar o‘tkazish imkoniyati hamda Aliyev hokimiyatga kelganiga 20 yil to‘lishi.

«20 yildan keyin saylovlarning o‘tkazilishi, albatta, bu o‘tgan davr sarhisobi bo‘ladi», deya ta’kidladi Aliyev.

Ozarbayjondagi asl muxolif partiyalar oldingi saylovlarda bo‘lgani singari, bu saylovni ham boykot qilmoqda. Oxirgi marta Aliyevga haqiqiy muxolif sifatida ko‘rilgan nomzod - tarixchi Jamil Hasanli 2013- yilgi saylovda qatnashib, 6 foizga yaqin ovoz to‘plagan.

Ozarbayjon Xalq fronti partiyasi rahbari Ali Karimli feysbukdagi sahifasida “Bizga rol taklif qilishdi, lekin biz bu spektaklda ishtirok etishni xohlamaymiz. Bu o‘yinning saylov yoki halol raqobatga aloqasi yo‘q", deb yozdi.

Siyosatga yaqinda kirib kelgan va yangi muxolif partiyaga asos solgan iqtisodchi Qubad Ibodo‘g‘li prezidentlikka nomzodini qo‘yadi degan taxminlar bor edi, ammo Ibodo‘g‘li 2023-yil iyulida soxta pul ishlab chiqarishda ayblanib hibsga olindi. Aytishlaricha, Ibodo‘g‘li siyosiy motivlar sabab panjara ortida qolmoqda.

Haqiqiy raqobat bo‘lmagach, muxolifat rolini bir qator marginal shaxslar o‘ynamoqda. Bu yilgi nomzodlardan uchtasi (Aliyevdan tashqari) 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida ham ishtirok etgan. (O‘sha saylovda qatnashgan nomzodlardan biri hatto o‘ziga emas, Aliyevga ovoz berganini aytgan).

Bu yilgi nomzodlarning aksariyati Aliyevning «Yangi Ozarbayjon» partiyasidan faqat nomi bilan farq qiladigan, lekin amalda hukumatparast partiyalar vakillaridir.

«Ular hukumat tomonidan yaratilgan partiyalar», - deydi Bokuda joylashgan «Ochiq Ozarbayjon» nodavlat tashkiloti rahbari Zohrab Ismoil.

«Bu saylovda amaldagi prezidentdan boshqa olti nomzodning barchasi yaqin o‘tmishda prezidentni qo‘llab-quvvatlagan», deb yozadi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi o‘z hisobotida.

Алиевга муҳаббат рамзи
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:15 0:00

Nomzodlardan biri hukumatga qarashli Ijtimoiy tadqiqotlar markazi rahbari bo‘lib, uni lavozimga bevosita Aliyevning o‘zi tayinlagan.

Ozodlik radiosining Ozarbayjon xizmati xabariga ko‘ra, nomzodlar vakillik qilayotgan partiyalar hukumat tomonidan moliyalashtiriladi.
«Ilgari ular qonunga xilof ravishda hukumatdan maosh olgan. Endi ular bu to‘lovlarni qonuniylashtirib qo‘ymoqda», deydi Bokudagi Siyosiy boshqaruv instituti tahlil markazi rahbari Azer Gasimli.

«Muxolif» nomzodlar bir qator kutilmagan siyosiy takliflar bilan chiqish orqali saylov kampaniyasiga qandaydir rang olib kirishga harakat qildi.

Jumladan, mamlakat nomini Shimoliy Ozarbayjon Respublikasi deb o‘zgartirish, Erondagi etnik ozarbayjon ozchiliklar yashaydigan hududlarni egallashga chaqiruvchi millatchilik kayfiyatidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvvatlash; Armanistonning Syunik viloyatini ozarbayjonniki deb da’vo qilish; Rossiya kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Suriyaga harbiylarni yuborish va hokazo.

«Ular Aliyev yaxshiroq ekani va yagona muqobil nomzodligini ko‘rsatish uchun bunday ahmoqona g‘oyalar haqida gapirmoqda», - deydi tahlilchilardan biri.

«Biz hukumat har doim saylovlarni soxtalashtirishi mumkinlgi va saylovda g‘alaba qozona olmasligimizni bilamiz. Hech bo‘lmaganda saylov davrida, tashviqot olib borib, rejimni fosh qilardik», - deydi Xalq fronti partiyasining yuqori lavozimli amaldori.

«Hozir ular saylov kampaniyasini yoritishi va saylovdagi qing‘irliklarni fosh qilishi kerak bo‘lgan jurnalistlarning hibsga oldi, eng taniqli muxolifatchi arboblardan biri Tofiq Yagublu ham eng sharmandali ayblovlar bilan qamoqqa olindi».


Shunga qaramay, yetakchi muxolif partiyalar saylovda qatnashmagani uchun ba’zi tanqidlarga uchradi.

«Afsuski, haqiqiy muxolifat Ozarbayjonda muqobil yo‘qligi haqidagi manzaraga hissa qo‘shmoqda», deydi nohukumat tashkilot rahbari Ismoil.

Faqat g‘alaba qozonish emas, vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilish ham muhim», - deydi u.

XS
SM
MD
LG