Линклар

Шошилинч хабар
13 январ 2026, Тошкент вақти: 17:49

G‘arbiy sohilda isroillik askarlarni o‘qqa tutgan mergan o‘ldirildi


Isroil armiyasi harbiylari (illyustrativ surat)
Isroil armiyasi harbiylari (illyustrativ surat)

Urdun daryosining G‘arbiy sohilidagi Tayasir qishlog‘ida joylashgan nazorat-o‘tkazish maskanida otishma sodir bo‘ldi. Times of Israel nashri harbiy muxbiri Emanuel Fabianning xabar qilishicha, hodisa chog‘ida sakkiz kishi yarador bo‘lgan.

Uning manbalariga ko‘ra, falastinlik mergan nazorat-o‘tkazish maskanini o‘qqa tutgan. Hodisa joyiga Isroil armiyasi harbiylari guruhi va vrachlar yetib borgan. Otishma chog‘ida hujumchi o‘ldirilgan. Olti kishi kasalxonaga yetkazilgan.

Bir necha soat avval Fabian Isroil armiyasi jangchilari G‘azo sektorining bir necha hududida yonlariga “falastinlik gumonlanuvchilar” yaqinlashgan paytda ogohlantiruvchi o‘q otganlari haqida xabar qilgan edi.

Isroil armiyasi vakillari garovdagilarni ozod qilish maqsadida Isroil va Falastinning HAMAS guruhi (AQSH va YIda terror tashkiloti deb topilgan) o‘rtasida tuzilgan otashkesim shartnomasiga qattiq rioya qilish niyatlari borligini bildirishgan.

Ayni paytda Isroil tomoni o‘z harbiylarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG