Линклар

Шошилинч хабар
05 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:34

Germaniyaning quruqlikdagi chegaralarida vaqtincha nazorat joriy etilmoqda


Germaniyaning quruqlikdagi chegaralarida migratsiya siyosati kuchaytirilishi doirasida 16-sentyabrdan boshlab nazorat tartibi joriy etilmoqda. Bu haqda GFR Ichki ishlar vazirligi ma’lumot tarqatgan.

Vazirlik bayonotiga muvofiq, Fransiya, Luksemburg, Hollandiya, Belgiya va Daniya bilan chegaralardagi nazorat yarim yilga kiritilyapti. Chegara hududlariga politsiyaning mobil va statsionar postlari o‘rnatiladi. Chora-tadbirlar orasida biror kishini mamlakatga kiritishdan bosh tortilishi ham ko‘zda tutilgan.

IIV Polsha, Chexiya, Avstriya va Shveysariya bilan chegaralarda tekshiruvlar o‘tgan yilning oktyabr oyidan buyon amal qilayotganini eslatgan.

Vazirlik chegaralardagi nazorat shu jumladan islomiy guruhlar tarafdorlaridan ham himoyani ta’minlashini iddao qilgan. IIV o‘z qarorida bir milliondan ko‘proq ukrainalik qochqin va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan boshpana izlovchilar integratsiyasi zarurati doxil Germaniya zimmasiga tushayotgan umumiy migratsiya yukini ham hisobga olgan.

Berlin chegaralarda nazorat o‘rnatilayotgani haqida Yevropa komissiyasini xabardor qilgan.

Avgust oyi oxirida Germaniyaning Zolingen shahrida boshpana izlovchi suriyalik shaxs shaharda o‘tkazilayotgan festival tashrifchilariga pichoq bilan hujum qilgan. O‘shanda uch kishi halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Germaniya rasmiylari qonunlarni kuchaytirish hamda noqonuniy migratsiyani qisqartirish zarurati tug‘ilganini bildirganlar.

GFR Jinoyat politsiyasi federal muassasasining avgust oyi oxiridagi ma’lumotiga ko‘ra, Shengen hududi doirasida chegaradan noqonuniy o‘tish bo‘yicha 380 ming holatdan 266 mingtasi Germaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Germaniya hududidan noqonuniy o‘tish bo‘yicha eng ko‘p qonunbuzarliklarni Suriya fuqarolari (54 ming kishi), Turkiya fuqarolari (36 ming kishi) va Afg‘oniston fuqarolari (35 ming kishi) sodir etishgan.

XS
SM
MD
LG