Линклар

Шошилинч хабар
09 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:16

Germaniyadagi BASF kimyo zavodida portlash sodir bo‘ldi


Lyudvigsxafendagi BASF zavodida 2016-yili sodir bo‘lgan yong‘indan lavha (arxiv surat)
Lyudvigsxafendagi BASF zavodida 2016-yili sodir bo‘lgan yong‘indan lavha (arxiv surat)

Germaniyaning Lyudvigsxafen shahridagi BASF kimyo zavodi hududida portlash sodir bo‘ldi.

Bild nashrining shirkatdan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qilishicha, portlash ortidan chiqqan yong‘in natijasida zavodning 14 nafar ishchisi yengil tan jarohati olgan.

Yong‘in shirkat xodimlari kuchi bilan o‘chirilgan. Ayni paytda zavod hududida ekologiya xizmati xodimlari ishlamoqda, ular havo ifloslanishini o‘lchashyapti.

Avvalroq portlash natijasida chor-atrofga turli gazlar yoyilgani ma’lum qilinib, yaqin-atrofdagi aholi punktlarida yashovchi kishilardan oyna va eshiklarni ochmaslik so‘ralgan. Keyinroq BASF shirkati aholi uchun xavf yo‘qligini ma’lum qilgan.

Lyudvigsxafendagi BASF zavodida 2016-yil oktyabrida ham katta yong‘in kuzatilgan edi.

Joriy yilning may oyi boshida Berlindagi Diehl Metal Applications sexida yong‘in sodir bo‘lgan. O‘shanda binodagi to‘rtta qavatga o‘t ketgan. Yong‘in xizmati vakili ma’lumotiga ko‘ra, binoda xavfli kimyoviy moddalar, jumladan sulfat kislotasi va mis sianidi saqlangan.

XS
SM
MD
LG