Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2024, Тошкент вақти: 05:47

Gruziya parlamenti raisi bahsli qonun loyihasini imzoladi


Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili
Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili

Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili tanqidchilar Rossiyaning xorijiy agentlarga oid qonuni nusxasi deb hisoblovchi “Xorijiy ta’sir shaffofligi to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan. Bu haqda u 3-iyun kuni Tbilisida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar qildi Ozodlikning “Exo Kavkaza” loyihasi.

Gruziya muxolifati mazkur qonun loyihasiga qarshi ovoz bergan, muxolifat tarafdorlari esa norozilik aksiyalari uyushtirishgan. Hujjat G‘arb mamlakatlari tomonidan keskin tanqid qilingan. Hujjatga mamlakat prezidenti Salome Zurabishvili tomonidan veto qo‘yilgan, u qonunni imzolashdan bosh tortgan. Biroq “Gruziya orzusi” hukmron partiyasi parlamentdagi yetarli ovoz bilan prezident vetosini aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangi qonunga muvofiq, shu yil avgustidanoq 2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra daromadining 20 foizdan ko‘prog‘ini xorijdan olgan ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlari xorijiy kuchlar manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlar o‘laroq ro‘yxatdan o‘tishni boshlashlari lozim. Bu talab Gruziyada asosan g‘arb jamg‘armalari bilan birga ishlaydigan onlayn-nashrlar va NHTlarning aksariyatiga daxldor bo‘ladi, deya qayd etgan “Exo Kavkaza”.

Mualliflar hujjatda repressiv choralar yo‘qligi va notijoriy sektordagi tashkilotlar shaffofligini oshirishga mo‘ljallanganini ta’kidlashmoqda. Ular qonun Rossiyaning emas, AQSH qonunchiligi me’yorlariga o‘xshashligini iddao qilishyapti.

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati mazkur qonun qabul qilinishi munosabati bilan Qo‘shma Shtatlar va Gruziya o‘rtasidagi aloqalar qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirgan. Hujjat imzolanganidan keyin Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining qator vakillari Gruziyadan YIga a’zolikka nomzod mamlakat maqomini qaytarib olish hamda Tbilisi bilan vizasiz tartibni bekor qilishga chaqirishgan.

XS
SM
MD
LG