Gruziyaning Bolnisi munitsipalitetiga qarashdi Disveli qishlog‘ida Su-25 harbiy uchog‘i qulashi natijasida uning uchuvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Ozodlikning “Exo Kavkaza” loyihasi xabar qildi.
Bolnisi munitsipaliteti meri Dmitriy Modebadzega ko‘ra, uchuvchi Kaxaber Zurabashvili uchoqdan chiqishga muvaffaq bo‘lolmagan.
Keyinroq Gruziya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni tasdiqlagan. Vazirlik qaydicha, uchoq rejadagi harbiy mashqlar chog‘ida qulab tushgan.
“Mazkur noxush hodisa sabablarini aniqlash maqsadida Mudofaa vazirligining tegishli xizmatlari tomonidan tafsilotli tekshiruv o‘tkazilmoqda”, deyilgan vazirlik xabarnomasida.