Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2021, Тошкент вақти: 06:54

“Hokim o‘rtaga tushib qovunimni eksport qildi, ammo ikki yildan buyon puldan darak yo‘q!”


Fermer hokimlikning topshirig‘i bilan 20 ming AQSh dollariga qovun eksport qilgan, ammo pulini ololmagan.

Qashqadaryo viloyat, Nishon tumanidagi “Nodirbek serquyosh zamini” fermer xo‘jaligi rahbari Nodirbek Kabulovning arz qilishicha, hokimiyatning topshirig‘i bilan u 2019 - yilda 20 ming dollarlik qovun eksport qilgan. Biroq hokimlik topgan eksportyorlar shu paytgacha qovunning pulini bermagan.

“Ҳоким ўртага тушиб қовунимни экспорт қилди, аммо икки йилдан буён пулдан дарак йўқ!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:51 0:00
Бевосита линк

“Tuman, viloyat hokimi topshiriq berib, eksport qilasizlar, schyotlaringga pul tushadi, deganiga biz berganmiz. Eksportyorlarni hokimlikning o‘zi topib bergan. O‘sha xarajatlar evaziga elektr energiyadan 96 million so‘m qarzdor bo‘lib qolgan edim. O‘sha pul tushganda edi, men qarzimni to‘lardim. Ikki yilda u qarz penya tug‘averib 260 million so‘m bo‘ldi. 97 metr balandlikka nasos bilan suv chiqarganman, transformator qo‘yganman, truba tortganman, yaylov yer edi. Parnik qilganman, daraxt ekkanman, baliqchilik qilganman. Har yili yuzlab odam ishlataman”.

Fermerning paxtazori.
Fermerning paxtazori.

Nodirbek Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, fermerlar "egasiz" bo‘lib qolgan:

“Paxta va g‘alla shartnomasini ortig‘i bilan bajarganman. “Agar bajargan bo‘lsangiz, o‘shaning daromadidan nega qarzingizni to‘lamadingiz”, degan savol berishingiz mumkin. To‘lardim albatta, agar daromad ko‘rgan bo‘lsam. Chunki, paxta va bug‘doyga ketgan xarajat o‘zini zo‘rg‘a oqlaydi. Urug‘lik, mineral o‘g‘it, yoqilg‘i narxi juda qimmat, paxta va bug‘doyning xarid narxi esa juda past. Shunday qilib qo‘yishganki, rejani yuz foiz bajarsang ham foyda ololmaysan. Faqat kun o‘tadi, xolos”.

Fermer isssiqxonalar ham qurgan.
Fermer isssiqxonalar ham qurgan.

Fermer 2021 - yildan davlat paxta rejasi bekor qilingan bo‘lsa ham, hokimlar majburan shartnoma qildirayotganini aytadi:

“Ikkita uyimni sotib shu yerga sarfladim. O‘zim hozir dalada yashayman. Shuncha yangi yer ochdik, planlarini bajardik, lekin 260 million so‘m qarzdor qilib qo‘ydi. Nega hokim o‘rtaga tushib eksport qilgan qovunimni pulini to‘latkizib bermaydiyu, svetdan qarzni so‘raydi? Shumi adolat?”

Fermer yetishtirgan piyoz.
Fermer yetishtirgan piyoz.

Prezident Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko‘paytirish topshiriqlaridan keyin O‘zbekistonda har bir fermer xo‘jaligiga eksport qilish majburiyati qo‘yilgan.

Mahalliy hokimlar eksport qilinayotgani haqida yuqoriga hisobot berish uchun dehqonlarni to‘g‘ri kelgan xususiy eksporterlarga birkitib, tovarni sug‘urta ham qildirmasdan xorijga chiqarib yuborishga harakat qilmoqda.

Jumladan, o‘tgan yilning avgust oyida Qashqadaryo viloyat, Kasbi tumanida mehnat qilayotgan namanganlik dehqonlarning pishib yetilgan qovunini ichki bozorga chiqarishga tuman hokimi taqiq qo‘ygan edi.

2020 - yilning 24-25 - dekabrida Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudi Quva tumanidagi 100 ga yaqin bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarining har biriga eksport solig‘i deb, bir necha yuz million so‘mlik jarima solgan edi.


Quvalik fermerlar esa meva eksport qilmaganini, mahalliy rahbarlarning aldovi qurboni bo‘lganini aytgan edilar.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG