Линклар

Шошилинч хабар
18 май 2021, Тошкент вақти: 05:35

Hukumat o‘tkazmaslikni tavsiya qilgan Navro‘z bayrami Qashqadaryoda o‘qituvchilar puliga o‘tkazildi (VIDEO)


Qashqadaryoning Qarshi shahri markazidagi Alisher Navoiy bog‘i hamda "Ice Park" hududida 19 - mart kuni Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

Qashqadaryoning Qarshi shahri markazidagi Alisher Navoiy bog‘i hamda "Ice Park" hududida 19 - mart kuni o‘tkazilgan Navro‘z bayramini uyushtirish uchun, mahalliy maktablar o‘qituvchilarining xabar qilishicha, ulardan pul yig‘ilgan.

Qarshi shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudirasi Nargiza Samadova Ozodlik savollariga javoban Navro‘z tadbirini uyushtirishga maktablar jalb etilganini tasdiqladi, lekin buning uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilgan, degan iddaolarni rad qildi.

Qarshidagi Navro‘z tadbiri O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagan kezda o‘tkazildi.

Ikki kun oldin hukumat majlisida viloyat va tuman markazlarida Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazmaslik, tadbirlarni faqat mahallalarda o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilgandi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan qashqadaryolik maktab direktorlaridan biri, Qarshidagi Navro‘z tadbirida ular uchun ajratilgan pavilyonni atlas va adraslar bilan bezash uchun o‘z cho‘ntagidan 800 ming so‘m harajat qilganini aytdi.

"Menga 30 metr adras olib kelasan deyishdi. Shunga ketadigan harajatni muallimlarga og‘ir bo‘lmasin deb, o‘zimni cho‘ntagimdan to‘lavordim. Chunki, muallimlarga hozir shundoq ham og‘ir bo‘lyapti", dedi lavozimidan bo‘shatilishidan qo‘rqib ismini ochiqlamasligimizni so‘ragan maktab direktori.

Qarshi shahri markazidagi Alisher Navoiy bog‘i hamda "Ice Park" hududida 19 - mart kuni Navro‘z bayrami o‘tkazildi.
Qarshi shahri markazidagi Alisher Navoiy bog‘i hamda "Ice Park" hududida 19 - mart kuni Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

Qarshidagi boshqa bir maktabning o‘qituvchisi esa, viloyatdagi davlat idoralari rahbarlari, Toshkentdan kelgan san’atkorlar hamda viloyat hokimining tadbirga kelishi munosabati bilan ko‘rgazmalar, shuningdek, turli oziq-ovqat va milliy taomlar tayyorlash maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar o‘z zimmasiga tushganini aytdi:

"Kecha 18 - mart kuni soat 8:30 dan istirohat bog‘i va "Ice Park"ga bordik. Ertalab soat 8: 30 dan boshlangan tayyorgarlik kechasi soat 21: 00 gacha davom etdi. Kechasi bilan ko‘rgazmalarni tayyorlab chiqdik. Bizning uyimiz va bola-chaqamiz yo‘qmi? Qachongacha o‘qituvchilar o‘zini majburiyatidan tashqari ishlarga jalb etiladi. Ahir bunday tadbirlarni o‘tkazishga mas’ul tashkilotlar nahotki viloyatda topilmasa?! Madaniyat boshqarmasini kuni yana pedagoglarga qolibdida. . . "

"Majburiy emas"

Qarshi shahridagi maktab direktorlarining ichki Telegram kanaliga 17 - mart kuni joylangan ma’lumotda maktablarga Navro‘z pavilyonlarini bezash ixtiyoriy ekani aytilgan.

Qarshidagi maktab direktorlarining o‘zaro ma’lumot almashinishi uchun ochilgan telegram guruhiga joylangan ma’lumot.
Qarshidagi maktab direktorlarining o‘zaro ma’lumot almashinishi uchun ochilgan telegram guruhiga joylangan ma’lumot.

Lekin, Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan qashqadaryolik o‘qituvchining aytishicha, maktab rahbariyati tepadan gap eshitmaslik va ish joyini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun Xalq ta’limi boshqarmasidan kelgan topshiriqlarga e’tiroz bildirolmaydi.

“Navro‘z ruhidagi rasmlar, gullar, maysalar, milliy matolar bilan bezadik. Repetitsiya qilish uchun o‘quvchilar bir necha kunlab darslardan qolishdi. O‘sha taomlarni pishirishga o‘qituvchilar ham o‘quvchilar ham ovvora bo‘ldi. Bunday jamoat ishlari o‘qituvchilarning jon-joniga tegib ketgan. Lekin, qilmayman deb ko‘ringchi,” - deydi muallim.

Qarshidagi Navro‘z tadbirida ajratilgan joylar uchun barcha harajatlar maktab direktorlari zimmasiga yuklatilgan.
Qarshidagi Navro‘z tadbirida ajratilgan joylar uchun barcha harajatlar maktab direktorlari zimmasiga yuklatilgan.

O‘zbekiston prezidenti va hukumat tomonidan taqiqlanganiga qaramay, O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida o‘qituvchilar va xalq ta’limi xodimlarini o‘z vazifasidan tashqarida bo‘lgan ishlarga jalb qilish holatlari kuzatilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 - yilning 17 - iyul kuni o‘tkazilgan umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda o‘qituvchilarning turli nazorat organlari tomonidan tekshiruvini cheklash, obodonlashtirish ishlariga o‘qituvchilarni jalb qilish, turli yig‘ilishlarda ishtirok etish, obuna kampaniyasi va o‘zlarining vakolatlari doirasida bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb qilishni taqiqlash zarurligi ta’kidlangan edi.

"Pul yig‘ish umuman bo‘lgani yo‘q"

Qarshi shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudirasi Nargiza Samadova Navro‘z tadbirini tashkillashtirishga maktablar jalb etilganini tasdiqladi, lekin buning uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilgani haqidagi iddaolarni rad etdi.

"Adrasga pul yig‘ilmadi. Oldindan qilingan, o‘tgan yilgi deklaratsiyalarni olib kelishdi. Bolalar yasagan suratlarni, maktabdagi qushlarini olib kelishdi. Ovqat umuman taqiqlandi. O‘quvchilar o‘zlarini rasm namunalaridan olib kelsin deyildi. Bu majburiy emas dedik. Pul yig‘ish umuman bo‘lgani yo‘q", - dedi Samadova.

Қаршида Наврўз байрами
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00

O‘lat paytidagi bazm

Qarshidagi Navro‘z tadbiri O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagan kezda o‘tkazildi.

Ozodlikka yuborilgan suratlarda Navro‘z sayliga yig‘ilganlar orasida masofa yo‘qligi va ko‘pchiligi niqobsiz ekani ko‘rinadi.

Qashqadaryoning Qarshi shahri markazidagi Alisher Navoiy bog‘i hamda "Ice Park" hududida 19 - mart kuni Navro‘z bayrami o‘tkazildi.
Qashqadaryoning Qarshi shahri markazidagi Alisher Navoiy bog‘i hamda "Ice Park" hududida 19 - mart kuni Navro‘z bayrami o‘tkazildi.

Qarshidagi Navro‘z tadbirida bo‘lgan mahalliy blogerlardan biri viloyat hokimi Zoir Mirzayev tadbirga kelib, arqon tortish milliy o‘yinida shaxsan qatnashganini aytdi.

"Arqon tortish, kurash, kamon otish musoboqalari bo‘ldi. Hokim Mirzayev keldi. Odamlar orasida masofa umuman saqlanmadi. Ko‘plar maksa ham taqib kelmadi", - deydi bloger.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kundalik koronavirusga chalinish hollari yana ortgan. O‘tgan 18 - mart kuni 124ta yangi holat aniqlangan. Bu joriy yil hisobidan qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 17 - mart kungi selektor majlisida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan viloyat va tuman markazlarida Navro‘z umumxalq bayrami o‘tkazilmaslik, faqat mahallalarda kichik sumalak sayllari bilan cheklanishni tavsiya etgani haqda ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG